Umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi ish hujjatlari. 05- 01. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi1-MH-son
buyrug‘i bilan tasdiqlangan (Adliya vazirligida 3 iyul 2018 yilda 3032-son bilan ro‘yxatdan
o‘tgan) “O‘zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagibolalar rivojlanishiga
qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining
2018 yil 7 iyuldagi 4-onli hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan “Ilk qadam” Davlat o‘quv
dasturi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan
“Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonini mavzuli rejalashtirish” qo‘llanmasi har bir
tarbiyachi ishlayotgan guruh yoshiga mos ravishda ta’minlangan bo‘lishi shart.
05-02. Tarbiyachining shaxsiy ish rejasi (Ish jurnali) . Jurnalning
titul varag‘i dan keyingi
betga tavsiyalar joylashtirilgan bo‘lib, tarbiyachi bu tavsiyalardan faoliyati davomida foydalanishi
mumkin. Keyingi sahifada tarbiyachining joriy o‘quv yilida o‘z oldiga qo‘ygan
asosiy vazifalari yoritiladi. Asosiy vazifalar tashkilotning dolzarb vazifalaridan kelib chiqqan holda olinadi. Unda
tarbiyachi o‘zining pedagogik salohiyatini oshirish uchun amalga oshirmoqchi bo‘lgan, markazlar
faoliyatini boyitishga qaratilgan, zamonaviy jihozlash, rejalashtirilgan tadbirlar, ota-onalar,
pedagoglar bilan hamkorlikdagi ishlari yoritiladi.
Guruh yoshiga va MTTning ish vaqtiga qarab
kun tartibi belgilanadi. Bir oy uchun 2 ta
ertalabki badan tarbiya komplekslari rejalashtirilib, 1-15 sanagacha predmetsiz mashqlar, 16-31
sanalarda predmetlar bilan ertalabki badan tarbiya mashqlari bajarilishiga e’tibor qaratilishi lozim.
Ertalabki badan tarbiya mashqlarini alohida daftarga yozib borish yoki oldindan kartotekalar
tayyorlab olish maqsadga muvofiq.
Keyingi varaqlarda tarbiyachining