O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə17/81
tarix19.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#185879
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston resp-fayllar.org

Savol va topshiriqlar
1.Milliy tarbiyalanganlik mezonlari qaysilar. Har bir mezonni misollar asosida bayon eting.
2.Milliy tuyg’u, O’zbekiston vatanparvarligi, milliy mafkuraviy onglilik, vijdoniylik, millatlararo muloqot madaniyati, milliy g’urur va milliy odob kabi tushunchalarni milliy tarbiya bilan bog‘liq holda ifodalang


5-Mavzu
O’zbek oilasidagi milliy tarbiya mazmuni
Mavzu rejasi:
1.O’zbek oilalarida tarbiyaviy an’analar.
2. Ota-ona obro’si milliy tarbiyaning asosi sifatida.
3.Milliy tarbiyaviy fazilatlarni shakllantirishda maktab, oila va mahalla hamkorligi
Sharqda azaldan oila ijtimoiy mohiyati bilan o‘ziga xos qadriyat hisoblanadi. U avlodlar davomiyligining, shajaralar uzviyligining o‘ziga xos ko‘rinishidir. Ayni paytda erkak va ayolning birgalikdagi hayotiy taqdiri, saodatli turmushi, hayot farog‘ati va orzu-umidlarning mo‘tabar maskani hamdir. Ana shu maskan qanchalik mehrli, muhabbatli, ezguliklarga yondosh, yaxshiliklar, muruvvat va saxovatlarga asoslansa, u sog‘lom va mustahkam oila muhitini vujudga keltiradi. Bu muhit o‘zining ma’naviy-axloqiy yеtukligi bilan erkak va ayolning o‘zaro munosabatlaridagi holatdan kelib chiqib, oilani muqaddas maskanga – avlodlar va sulolalar qo‘rg‘oniga aylantiradi. Albatta, ikki yoshning qovushishidan iborat holat bu hali to‘laqonli oila emas. Muhabbatli hayotning, birgalikdagi turmushning dastlabki ko‘rinishi, xolos. Farzand tug‘ilgach tom ma’nodagi oila vujudga keladi. Farzand – oilaning mustahkam tayanchi. Uning butun og‘irligi-yu zavqli tomonlarini uyg‘unlashtirib turadigan, ota-onani kelajakka qat’iy ishonch bilan qarashga da’vat etadigan qudratli kuchdir. Bola kichkinaligida torgina makonning zavqi, ota-onaning kelajagi, saodatli hayotining mahsuligina, xolos. U yura boshlab, ostona hatlab ko‘chaga chiqqanidan keyin ijtmoiylasha boshlaydi. Bolalarga qo‘shilib, ulkan jamiyatning kichik a’zosi bo‘lib qoladi. Ana shunda oilaning tarbiyaviy roli, ma’naviy-axloqiy roli oshadi. Sharq turmush tarzi, asosan, axloqqa tayanganligi va yuksak ma’naviy ehtiyojlarni qadriyat darajasida ko‘targanligi bilan alohida ajralib turadi. Oila mas’uliyati, uning ijtimoiy mohiyati xuddi ana shu bilan belgilanadi. Oila katta bo‘ladimi, kichik bo‘ladimi, baribir, u sonidan qat’i nazar mustaqil ijtimoiy makon sifatida o‘z muhitiga, iqlimiga, ma’naviy, axloqiy ob-havosiga ega. Har bir oilaning o‘z aqidalari, turmush tarzi, hayotiy ehtiyojlari mavjud. Ana shu ehtiyojlar va aqidalar turmush tarzidagi an’analar, urf-odatlar va qadriyatlarni qay darajada qabul qilgani va uning asosida o‘z hayotini qurganligini ko‘rsatadi. Farzand – oila tayanchi. Demak, farzand sog‘lom, durkun, jismoniy biologik jihatdan benuqson tug‘ilishi zarur. Ota-ona bunga intilishi shart. Zotan, oilaning fayzi, tarovati, zavqli va mehr-muhabbatli jihatlari ayni ana shu bilan o‘lchanadi. Atoqli adib Chingiz Aytmatovning xulosalariga ko‘ra, ikki haftalik embrion tashqi muhitni his qilar ekan. Hali odam shakliga kirmagan hujayra oila muhiti, hayot murakkabliklari, ziddiyatga to‘la olam, ayniqsa, inson degan nodir, shu bilan birga, ayanchli jonzot taqdiri, hayoti haqida fikr yuritar ekan. Ayrim holatlarda o‘n besh kunlik murtak odam bo‘lib tug‘ilsammikan yoki tug‘ilmasammikan, degan fikrga borar ekan. Bu – dramatizm. Bu – inson degan mubham olamning fojiaviy qismati. Oila esa ana shu dardli qismatni ezgulikka yo‘naltiruvchi mo‘jizaviy makon. Darhaqiqat, inson hayoti hech qachon tugal bo‘lmagan, bo‘lmaydi ham. Shuning uchun donishmandlar bu dunyoni biri kam deb atashgan. Lekin ana shu biri kam, hech qachon tugal bo‘lmaydigan, muammolarga, kelishmovchiliklarga, iztiroblarga to‘la bu dunyoda hayotini mazmunli o‘tkazishga, o‘tayotgan kunidan rozi bo‘lib, hayot zavqi, shavqi va mehr-muhabbatli jihatlarini chuqur his qilgan oila baxtli oila hisoblanadi. Ana shu holatning butun mohiyati, ko‘lami va mazmunini anglashning o‘zi kishini saodatga eltguvchi buyuk qudrat, ma’rifiy kuch, ma’naviy rag‘batdir. Azaldan Sharqda oila, ota-ona tushunchalari muhim qadriyatga aylangan. Ota – padari buzrukvor. Ona – volidayi muhtarama. Bunday sifatlar faqat ulargagina munosib. Ularning oiladagi, butun jamiyatdagi mavqeyini belgilaydi. Ota-onaning o‘zaro munosabatlari oila muhitini shakllantiradi. Darhaqiqat, har bir oila alohida ma’naviy, ruhiy makon. Bu makondagi ob-havo, kayfiyat ota-onaning munosabatidan kelib chiqadi. Farzand dunyoga kelib, ayni ana shu muhitda rivojlanadi, kamol topadi. Shakllangan tarbiya muhitidan oziqlanadi, havosidan nafas oladi. Insonning dunyoga kelib, odam bo‘lib shakllanishida ota-onaning roli oila muhiti bilan bog‘lanib ketgan murakkab psixologik va tarbiyaviy jarayon. Afsuski, biz ba’zan bunga e’tibor bermaymiz. Ota, asosan, moddiyat bilan shug‘ullanadi. Topganini uyiga tashiydi, bolalarining rizqi butun bo‘lsin, deb еladiyuguradi, xolos. Ona esa bolasini yuvib-tarab oziqlantiradi. Afsuski, bu kamlik qiladi. Bunday holatda ota ham, ona ham faqat yuzaki, yashash uchun zarur bo‘lgan vazifani bajargan bo‘ladi. Mehr, qalb qo‘ri, yurak harorati, fikrlash imkoniyatlariga kamroq e’tibor beriladi. Aslida esa tarbiya ana shundan boshlanadi. Qalb uyg‘onmog‘i lozim, ruhiyat uyg‘oq bo‘lmog‘i shart. Rivoyatlarga ko‘ra, bir odam farzandi uch yoshlik bo‘lganda Aflotunning oldiga boradi: “Taqsir, farzandim uch yoshga to‘ldi, endi uni qanday tarbiyalasam ekan, maslahat bersangiz”, – deydi. Aflotun esa “Afsus, farzandingiz tarbiyasiga uch yil kechikibsiz”, – deb javob beradi. Demak, donishmandlarning xulosalariga ko‘ra, farzand dunyoga kelgan kundan boshlab tarbiyaga ehtiyoj sezadi. Boshqacha qilib aytganda, farzand tarbiyasi u dunyoga kelgan kundan boshlanadi. Ota-ona buni juda chuqur tushunishi, anglab olmog‘i lozim. Balki, tug‘ilmasidan oldin, ona qornidanoq tarbiya bilan shug‘ullanmoq kerakdir. Shuning uchundir, ayrim mutaxassislar homilador onaga ko‘proq mayin, sokin musiqa tinglashni, shovqinsuronlardan, baqir-chaqirlardan uzoqroq bo‘lishni tavsiya etadilar. Pedagoglarning xulosalariga ko‘ra, bolaga to‘rt-sakkiz yoshlarida ko‘pdan ko‘p ijobiy ma’lumotlar berish kerak. Aytaylik, oila, ota-ona, qarindosh-urug‘, Vatan, tarixiy qahramonlar, ulug‘ donishmandlar, shoirlar, sarkardalar haqidagi latifalarni, voqealar va hodisalarni tushuntirib borish kerak. Toki bolaning murg‘ak qalbida ezgulikka, yaxshilikka moyillik hislari kuchayib, uning fe’l-atvorini, xarakter xususiyatlarini shakllantirsin. Bolaning to‘rt-sakkiz yoshlarida to‘plagan ma’lumotlar bazasi qandayligidan kelib chiqib uning bir umrlik hayot yo‘lini, inson sifatidagi fazilat-u nuqsonlarini belgilab berar ekan. Demak, ota-ona farzand tarbiyasi uchun mas’ul, to‘la javobgar shaxs. Ota-onaning farzandlari oldidagi asosiy vazifasi ularni katta hayotga, serg‘alva, tashvishli olamda yashashga tayyorlash hisoblanadi. Bolaning tabiiy imkoniyatlari, qobiliyati, ma’naviy-ruhiy ehtiyojlaridan kelib chiqib ma’lum bir sohaga yo‘naltirish, uning qiziqishini hisobga olib kasb tanlashiga yordam berish, avvalambor, oiladan boshlanadi. Bu ota-onaning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Maktab yoshida esa oila va maktab, ota-ona va ustoz hamkorligi muammosi kelib chiqadi. Bunda ham, albatta, ota-onaning roli hamisha baland bo‘ladi. Chunki oila muhiti, oila psixologiyasi ota-ona munosabatlarining mahsuli sifatida murg‘akkina bolaning odamga aylanish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Buning ilmiy-genetik asoslari, irsiy ildizlari ham bor. Inson – fazilatlar va illatlar olami. Dunyoda mutlaq ideal odam bo‘lmagan, bo‘lmaydi ham. Faqat ideal bo‘lishga, komil insonga aylanishga intilish har bir insonning ham ilohiy, ham dunyoviy burchi hisoblanadi. Inson yuz yil yashasa, yuz yil tarbiyaga ehtiyoj sezadi. Demak, hammamizning jismimizda illatlar-u fazilatlar jamuljam. Qonimizda yuzlab bag‘rikenglik, shafqatlilik, mehrlilik, muruvvatlilik, sadoqat singari fazilatlar bilan birga sotqinlik, munofiqlik, hasad, ko‘rolmaslik, g‘ayirlik singari illatlar ham parallel ravishda yashaydi. Faqat kimlardadir fazilatlar, kimlardadir illatlar ko‘proq. Inson tabiatan manfaatlar olami. U hamma narsa o‘ziniki bo‘lishini, unga qanchalik erkinlik bersangiz, undan ham ko‘proq erkinlikni istaydigan, qanchalik farovonlik sharoitini yaratsangiz, undan ham farovonroq yashashga intiladigan olam. Uning ehtiyojlarini hech qachon qondirib bo‘lmaydi. Inson ehtiyojlari hayot ne’matlaridan ko‘ra ko‘proq va kengroq. Ana shunday kayfiyatda xudbinlik, manfaatparastlik illatlari kuchayib boradi. Natijada “gunoh”, deb ataladigan tavqi la’natga munosib yo‘lga kiriladi. Ulug‘ bobokalonimiz Forobiyning xulosalariga ko‘ra, qonunlari barkamol bo‘lmagan jamiyatda axloqsizlik kuchayadi. Axloqsizlik esa jamiyatni parokandalikka olib keladi. Buyuk nemis faylasufi Osvald Shpengler: “Qayerda madaniyat yo‘qolsa, o‘sha yеrda zoologiya kuchayadi”, – deydi. Demak, madaniyat, ma’naviyat, axloq yo‘qolsa, odamdagi insoniy instinktlar so‘nib boradi. Aksincha, hayvoniy instinktlar kuchayadi. Inson odam shaklidagi maxluqqa aylanadi. Ma’naviyatga ehtiyoj unutiladi. Bu esa oxir-oqibatda jamiyatni abgor qiladi. Keyingi yillarda ma’naviyatga, ma’rifatga, inson tarbiyasiga e’tibor tobora oshib bormoqda. Demak, bunga ehtiyoj bor. Odamning insonga, insonning shaxsga aylanish jarayonlarining samaradorligini oshirish zaruratga aylanmoqda. Bunday zarurat va ehtiyojni ijtimoiy fanlar qondirishi mumkin. Afsuski, oliy ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar keskin qisqartirib yuborildi. O‘zining tor mutaxassisligi doirasida yashaydigan va bu biqiq qobiqdan tashqaridagi keng olamni, uning rang-barangligini, jozibasini, hayotiy ehtiyojini anglamay yashaydigan kadrlar yuzaga kelmoqda. Haqli savol tug‘iladi: zamonaviy, oliy universitet ta’limini olgan agronom yoki muhandis adabiyotni bilmasa, she’r o‘qimasa, Navoiyni tushunmasa, uni to‘laqonli inson deb atash mumkinmi? Yuqori malakali tibbiyot xodimi falsafiy fikrlashni bilmasa, mantiqiy xulosa chiqarishni eplolmasa, uni zamonaviy sivilizatsiya talablariga mos kadr deb atash mumkinmi? Bunday odamning oilaviy muhiti qanday bo‘ladi? Murg‘ak bolalar tor tushunchalar asosida shakllanib, mexanik yashaydigan robotlarga aylanmaydimi? Bu kasbiy bilim, professional mahoratgina insonni to‘laqonli shaxsga aylantiradi, degan fikr qanchalik noto‘g‘riligini ko‘rsatmaydimi? Masalaning ikkinchi tomoni bor. Inson – qalb va ruhiyat olami. Odam o‘zini jamiyatda to‘laqonli namoyon etishi uchun faqat iste’dodning o‘zi kamlik qiladi. U iste’dod bilan birga yuksak ma’naviyatga, yеtuk axloqiy asoslarga ega bo‘lmog‘i lozim. Unga falsafiy tafakkur, mantiqiy tahlil, jozibador va go‘zal ifoda, yеtarli darajadagi so‘z boyligi kerak bo‘ladi. Bular esa qalbni tarbiyalaydi. Qalbning buyukligi, pokligi, tozaligi ruh tozaligiga olib keladi. Ruh qalbdan oziq oladi. Ruhni esa aql boshqaradi. Ana shu formulaning yеchimi – komil inson degan qadriyatga olib keladi. Bizning qalbimiz so‘qirlashib bormoqda, ruhiyatimiz ozurda, shikasta, nimjon, aqlimiz esa zaif, noshud, notavon. “Gunoh” degan tavqi la’nat ochko‘z qurt kabi qalbimizni, jism-u jonimizni kemirmoqda. Bu ketishda manqurtlar, fikrlamaydigan, belgilangan dastur asosida yashaydigan robotlar jamiyatini yaratamiz. Demak, biz yangilanishlar jarayonida yangi O‘zbekistonning yangi barkamol qiyofadagi fuqarolarini tarbiyalashimiz, shakllantirishimiz uchun qalb tarbiyasiga, ruhiyat tarbiyasiga jiddiy e’tibor bermog‘imiz kerak. Hayotiy tajriba, insoniyat taraqqiyotining bir necha ming yillik mohiyati shuni ko‘rsatadiki, o‘z sohasini puxta egallagan, yеtuk va noyob qobiliyatga ega bo‘lgan axloqsiz, ma’naviy jihatdan qashshoq mutaxassisdan ko‘ra qalbi toza, ruhiyati pokiza, aqliy sog‘lom, g‘oyaviy chiniqqan o‘rtamiyona mutaxassis jamiyatga ko‘proq foyda keltiradi. Chunki u jamiyat boyliklarini o‘marmaydi, talon-toroj qilmaydi, korrupsiyadan uzoqroqda yashaydi. Insof, diyonat, vijdon, iymon singari Ilohiy olam o‘lchovlari va mezonlari dunyosida yashaydi. Ana shunda “gunoh” degan tavqi la’natdan poklangan jamiyatni yuzaga keltirishimiz mumkin bo‘ladi. Buning asosiy tayanchi – Oila! Millatning xaloskori, jamiyatni barkamol etuvchi mo‘tabar maskan – Oila! Hozirgi zamon taraqqiyoti har bir shaxsdan voqelikni to‘g‘ri tushunishni, xulosa chiqarishni, axloqiy poklikni va hissiy-asabiy chidamlilikni, jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarida mustahkam va faol bo‘lishni talab etmoqda. Ma’lumki, shaxsning bunday ijtimoiy, emotsional, xulqiy va boshqa sifatlariga oila asos soladi, shakllantiradi va kamol toptiradi. Zamonaviy oilalar mavjud jamiyat bilan uzviy bog‘langandir. Shaharlarning o‘sishi, yashash sharoitlarining yaxshilanishi, xalqning moddiy va madaniy turmush saviyasining oshishi yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashga ta’sir qiladi. Ma’lumki, iymonlilik, insonparvarlik, diyonat, e’tiqodlilik kabi shaxs mafkuraviy tasavvurlarining asosida yotgan fazilatlar o‘smirning, eng avvalo, oilaviy munosabatlar tizimida tutgan o‘rnidan, ota-ona, oiladagi boshqa katta avlod vakillarining ijtimoiy mavqelari va roli mazmunidan kelib chiqadi. Zero, mafkuraviy tasavvurlar hamda ular asosida shakllanuvchi insoniy fazilatlar shaxsning yaxlit strukturasidagi muhim omillardan hisoblanadi. Milliy g‘oyani oila muhitida bolaning ongi, qalbiga singdirishning muhim vositasi – bu oilaviy qadriyatlarni saqlash va ilg‘or oilaviy an’analarni kundalik tarbiya tizimiga joriy etish, turmush tarzining bir bo‘lagiga aylantirishdir. Bunda ota-onaning o‘rni va roli bevosita xarakterga ega bo‘lib, faqat sog‘lom muomala va samimiyat muhitigina o‘smirning dunyoqarashi shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Zero, har bir oilaning muqaddas vazifasi – qobiliyatli farzandlarni o‘stirish, ularni jismoniy, intellektual va ma’naviy tomondan yеtuk qilib, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashdan iborat. Ya’ni ham ma’naviy, ham jismoniy jihatdan sog‘lom, barkamol inson faqat sog‘lom oilada shakllanadi. Oiladagi sog‘lom muhit va barqarorlik esa yaxlit jamiyat ma’naviy takomilining asosidir.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin