O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə13/81
tarix19.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#185879
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   81
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston resp-fayllar.org

Savol va topshiriqlar
1.“Milliy tarbiya asoslari” fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat ekanligini tasniflab bering.
2.“Milliy tarbiyani ijtimoiy tarixiy, qonuniy va ob’ektiv jarayon ekanligini bayon eting
3.“Milliy tarbiya asoslari” fanining ilmiy tadqiqot metodlari qaysilar hamda ularning funksiyalarini bayon eting
4. .“Milliy tarbiya asoslari” fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.


2-Mavzu
Milliy tarbiya g’oyasining tarixiy pedagogik asoslari
Mavzu rejasi:
1.O’zbek milliy tarbiyasi tajribasining tarixiy-pedagogik tavsifi.
2.O’zbekona tarbiyaning turli qirralari adiblar talqinida.
3.Sobiq sho’ro davrida milliy tarbiya masalasiga munosabat.
4.Milliy tarbiyaning tiklanishi va rivojlanishi.
5.Uchinchi renesans davrida milliy tarbiya g’oyasining takomillashuvi.
Mamlakatimizda jismoniy sog‘lom, ma’naviy yеtuk, har tomonlama uyg‘un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yosh avlodni tarbiyalab voyaga yеtkazish
vazifasini izchil davom ettirish mas’uliyati, eng avvalo, oila zimmasidadir.
Ma’naviy-ruhiy sog‘lom bolaning dunyoga kelishi masalasiga sog‘lom va ahil oila mehnatining samarasi sifatida qarab, oilada o‘zaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va ma’naviy qadriyatlar muhitini shakllantirish bugungi kunda har birimizning vazifamiz hisoblanadi. Bu vazifani bajarishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni judayam katta. Qadriyatlar jamiyat rivojining negizi, millatning tarixiy taraqqiyotida erishilgan muvaffaqiyatlarini avloddan avlodga o‘tkazuvchi qudratli omildir. Tarixiy taraqqiyot bosqichlariga nazar tashlar ekanmiz, har bir jamiyat, davlat o‘zining milliy qadriyatlarini rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib taraqqiy etmagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining
hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida: “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat”, – deb e’tirof etdilar
“Renessans” lug‘aviy fransuzcha “qayta tug‘ilish” degan ma’noni anglatadi. Atama sifatida uning mazmuni ancha keng: madaniyatda, ilm-fanda, san’atda, ta’lim-tarbiyada, umuman, jamiyat hayotida uzoq muddatli turg‘unlikdan keyin qayta jonlanib, tez rivojlanishni, ijtimoiy ong va qadriyatlar tizimi yangi sifat bosqichiga chiqishini bildiradi. Ilk bor atama Yevropada o‘rta asrlar mutaassibligidan keyin 15-16 asrlardagi rivojlanish davriga nisbatan qo‘llanilgan. Renessans atalmish mazkur ijtimoiy hodisa o‘zbek tiliga Uyg‘onish davri deb o‘girilgan.
Avstriyalik atoqli sharqshunos Adam Mesning 1909 yilda “Musulmon Renessansi” nomli fundamental asari chop etilgan. Shundan buyon Renessans faqat Yevropaga oid hodisa emasligi, uni Sharq xalqlari yevropaliklarga nisbatan avvalroq boshdan kechirgani to‘g‘risidagi qarashlar va tadqiqotlar paydo bo‘la boshladi. Rossiyalik buyuk sharqshunos akademik N. N. Konrad Renessans VII — VIII asrlarda Xitoyda boshlanib, VIII asrda Hindistonda davom etgani, undan IX-XII asrlarda islom mamlakatlari estafetani qabul qilgani, mo‘g‘ul istilosi tufayli ancha pasayib qolgan yuksalish Amir Temur va temuriylar davrida yana qayta gurkurab o‘sganini ta’kidlaydi. U O‘rta Sharq Uyg‘onish davrini Alisher Navoiy zamonasigacha cho‘zadi. Javoharlal Neru Boburni ham Renessansning tipik vakili, deb baholagan edi.
XV asrdan Renessans Yevropaga siljidi. Bu paytga kelib Yevropa 300 —350 yil davomida islom olimlari, jumladan, bizning buyuk ajdodlarimiz asarlarini, ayniqsa, Xorazmiy, Farg‘oniy va Ibn Sino asarlarini lotinchaga o‘girib, chuqur o‘zlashtirib olgan edi. Yevropa Uyg‘onishiga juda kuchli ta’sir ko‘rsatganlardan biri Ibn Rushddir. Yevropa falsafasi va ilmiy tafakkurida XVI asr o‘rtalarigacha averroizm (Ibn Rushd ta’limotiga asoslangan oqim) mavqeini saqlab turdi.
Afsuski, XVI asrning 30 — 40 yillarida bizda an’anaviy jamiyat uzil-kesil qaror topdi. Ilmiy, badiiy izlanishlarga ijtimoiy ehtiyoj pasayib ketdi. O‘tmish yutuqlari oldida qulluq qilish, ularni ideallashtirish va faqat takrorlashga urinish, yangiliklarga salbiy munosabat shakllandi. Asta-sekin chuqur turg‘unlik va inqiroz boshlandi. Ular noxush ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, diniy-mafkuraviy, regional nizolar va ayirmachilik kabi sabablar bilan qo‘shilib qoloq bo‘lib qolishimizga, XIX asr ikkinchi yarmida milliy mustaqilligimizni yo‘qotishga olib keldi. O‘tmishdan birinchi bo‘lib teran tarixiy xulosa chiqargan — jadid bobolarimiz edi. Ular taklif qilgan islohotlar millatni qayta uyg‘otish, taraqqiyot tomon burishni ko‘zladi. Ammo mustabid hokimiyat jadidlar harakatini avj olmasdan bo‘g‘ib qo‘ydi.
Mustaqillikka erishgandan keyin dastlab chorak asr davomida milliy tiklanish bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri keldi. Endilikda milliy tiklanishdan milliy yuksalishga o‘tganimizdan keyin, uchinchi Renessansga erishishni davlat rahbari strategik vazifa etib qo‘ydi. Haqiqatan tarixan olganda biz ikki Renessansni boshdan kechirdik: birinchisi IX — XII asrlar, ikkinchisi XIV asr oxirgi choragi — XVI asr birinchi choragi. Birinchi Renessansda yurtimizdan Farg‘oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariy kabi buyuk daholar, buyuk muhaddislar — Buxoriy, Termiziy, mutakallimlar — Moturidiy va Abul Muin Nasafiy hamda boshqa atoqli dunyoviy va diniy allomalar shuuri olamni yoritdi.
Ikkinchi Renessansda — Ulug‘bek, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Behzod, buyuk me’morlar, bastakorlar, musavvirlar, tarixchilar chiqib, bugun ham dunyoni lol qoldirayotgan asarlar yaratdilar.
Har ikki Renessans davrida biz dunyoning ilg‘or, mutaraqqiy xalqlari qatorida edik. Agar yana shunday darajaga erishmoqchi bo‘lsak, Uchinchi Renessansni amalga oshirmog‘imiz zarur.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin