O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


-Mavzu Bo’lajak o’qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə21/81
tarix19.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#185879
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston resp-fayllar.org

8-Mavzu
Bo’lajak o’qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash.
Mavzu rejasi:
1.O’qituvchilar milliy tarbiyaviy faoliyat targ’ibotchisi sifatida.
2.Bo’lajak o’qituvchining tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga doir kasbiy kompetentsiyalari.
3. Sinf rahbarlariga milliy tarbiyani amalga oshirish uchun zarur shaxsiy va kasbiy sifatlar.
O’qituvchi nutq madaniyatiga ega bo‟lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni o’zida aks ettirishi kerak: turli sheva so’zlardan holi bo’lib, faqat adabiy tilda ifoda etilishi; o’qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo’lishi; hikmatli so’zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko’chirma gaplardan o’rinli foydalana olishi lozim. Jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos so’zlar), varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o’zga millatlarga xos so’zlarni noo’rin qo’llanilishi), vulgarizm (haqorat qilish, so’kishda qo’llaniladigan so’zlar) hamda konselyarizm (o’rni bo’lmagan vaziyatlarda rasmiy so’zlardan foydalanish) kabi norasmiy so’zlardan holi bo’lishi. – O’qituvchi eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni to’g’ri baholay oladigan hamda mustaqil ravishda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak. Yuqoridagi talablardan kelib chiqib, zamonaviy pedagog yuksak madaniyatli, notiq, o’quvchilarni sevuvchi, mehribon, ijodkor, o’z fanini chuqur biluvchi, psixolog, zamonaviy texnikalardan foydalana oluvchi, qobiliyatli shaxs bo’lishi kerak. O’qituvchi bola qalbining injeneridir. O’qituvchi tarbiyachi sifatida quyidagi talablarni bilishi lozim:
 shaxsni ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tarbiyalashda milliy uyg’onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g’oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o’z Vataniga, tabiatga va oilasiga bo’lgan muhabbati;
 kasbiy bilimlarni puxta bilish bilan birga, turli bilimlardan xabardor bo’lishi;
 yosh pedagogik psixologiya, pedagogika va psixologiya, yoshlar fiziologiyasi, tarbiyaviy ish metodikasi, maktab gigienasidan o’z kasbiga oid bilimlarni mukammal bilishi;
 o’z kasbi bo’yicha jahon fanida erishilayotgan so’nggi yutuqlar, tarbiya texnologiyasi, kompyuter va axborot texnologiyalari, yangiliklaridan doimiy xabardor bo’lib borishi;
 ta’lim-tarbiya metodikasidan ko’nikma va malakalarini oshirib borishi;
 o’z kasbiga ijodiy yondashishi
 pedagogik texnika (mantiq, nutq ta’limining ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo‟lishi;
 o’z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi . Har bir o’qituvchi ana shu talablarga to’la javob bera oladigan bo’lishiga intilishi shart. O’qituvchi jamiyat tomondan talablar bilan bir qatorda o’z faoliyatida tevarakatrofidagi kishilar, maktab ma’muriyati, hamkasblari, o’quvchilar va ularning otaonalari undan nimalarni kutishini ham esdan chiqarmasligi lozim. O’qituvchining o’z ishidan nimanidir ko’rayotganligining o’ziyoq muhim ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kuzatish, garchand jamiyat tomonidan o’qituvchiga qo’yiladigan talablarga kelsada, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Lekin bu talablar hamma vaqt ham bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha xalq ta’limi bo’limlari va maktab direktorlari o’qituvchining ayrim xislatlari naqadar muhimligini har xil baholaydilar. Jumladan, xalq ta’limi bo’limlarining mudirlari o’quvchidan birinchi navbatda o’z fanini yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal o’zlashtirishini talab qilsalar, maktab direktorlari o’qituvchiga qo’yiladigan bunday talablarni uchinchi o’ringa qo’yadilar. Shu bilan birga xalq ta’limi bo’limlarining mudirlari o’qituvchilarning o’quvchilar va ota-onalar, maktab bilan qanday muloqotda bo’lishini bilishini naqadar ahamiyatga ega ekanligiga unchalik e’tibor bermaydilar, maktab direktorlari esa bunday xislatlarni o’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar ichida birinchi o’ringa qo’yadilar. O’qituvchi shaxsining axloqiy sifatlari.
O’qituvchilik kasbi eng qiyin, lekin shuning bilan birga faxrli va olijanob kasblardan biridir. O’qituvchi o’quvchilarni maktab programmalarida tutilgan ilmiy bilimlar sistemasi Bilan qurollantiradi, ularning dunyoqarashini shakllantiradi, xotira, diqqat va xayolini rivojlantiradi, ijodiy fikr yuritishga o’rgatadi, hissiyot va irodasini tarbiyalaydi, qobiliyatlarini rivojlantiradi, xarakterini shakllantiradi. O‟qituvchi o’zining barcha ta’lim tarbiyaviy ishlarini rejali ravishda, uni asosiy maqsad –«o’zida ma’naviy boylikni, axloqiy poklikni va jismoniy kamolotni o‟zida garmonik holda mujassamlashtirgan yangi odamni tarbiyalash» maqsadiga kun sayin bo’ysundirgan holda olib boradi. O’qituvchi o’quvchi shaxsining shakllanishi fakat darslarda va sinfdan tashqari mashg‟ulotlardagina boshqarib qolmaydi. O’qituvchi o’zining shaxsiy namunasi, tashqi qiyofasi va xatti-harakati bilan o’zining ichki ma’naviy sifatlari bilan ba’zan o’zi sezmagan holda o’quvchilarga ta’sir ko’rsatadi. Ularning ideali bo’lib qoladi. Kishi ko’pincha o’zi eng yaxshi ko’rgan o’qituvchisining ta’siri ostida o’z hayot yo’lini tanlab oladi.
N. D. Levitov o’zining bolalar psixologiyasi pedagogik psixologiya qo’llanmasida muhim pedagogik qobiliyatlar sifatida quyidagilarni keltiradi.
1. O’qituvchilarga bilim berish qobiliyati, bunga avvalo, materialni aniq, qisqa va qiziqarli bayon qilish yo’li bilan erishiladi.
2. O’quvchini tushunish.
3. Tafakkurning mustaqilligi va ijodiyligi.
4. Hozirjavoblik yoki tez va aniq fahmlash.
5. Vaqtni aniq rejalashtirish va undan to’g’ri foydalanish, o’quvchilarni doimo nazorat qilish, sinf faollarini ajrata olish va uyushtirish, sinf jamoasining jipslashtirish ko‟nikmalarida ifodalanadigan tashkilotchilik qobiliyatlari.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin