O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Quyidagi fikrlar bilan tarnishing va nuqtalar o’rniga mos jumlalarni qo’ying



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə23/81
tarix19.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#185879
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston resp-fayllar.org

Quyidagi fikrlar bilan tarnishing va nuqtalar o’rniga mos jumlalarni qo’ying.
…………. jarayoni o‘qituvchining pedagogik mahorati doira­sida ma’lumotlarni qayd qilish darajasida kechadi, bunda refleksiyaning passiv shakli ustuvorlik qiladi. O‘qituvchi pedagogik faoliyatida yuzaga kelayotgan turli qiyinchiliklar va muammolarning sabablarini, erishila­yotgan yutuqlar va natijalarni shunchaki qayd qilib boradi.
……….. jarayoni o‘qituvchining o‘z faoliyati va unda o‘zi­ga nisbatan «metapozitsiya» (noaniq pozitsiyada)da turib, o‘ziga tash­qa­ridan qarash, o‘zini kuzatish malakasini ko‘zda tutadi. Bunda, interiorizatsiya (tashqi omillarning ichki omillarga o‘tishi) hodisasi amalga oshadi, kasbiy qiyinchiliklarning kelib chiqish sabablari rasmiy­lashtiriladi; faoliyatdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad aniqlanadi, refleksiv – «MEN» shakllanadi. Bu o‘qituvchining dolzarb rivojlanish zonasi bilan bog‘liq.
……….. jarayonida boshlang‘ich daraja kasbiy ehti­yojlarni hisobga olib belgilanadi va jadal imkoniyatlar asosida faoli­yat rejalashtiriladi. Strategik, taktik va tezkor vazifalar shakllantiriladi. Haqi­qiy «MEN» va ideal «MEN» nisbatlanadi. Bu o‘qituvchining eng yaqin rivojlanish darajasi bilan bog‘liq.
……….. jarayonida o‘qituvchining kasbiy faoliyati davomida takomillashtirilgan pedagogik mahorati, refleksiyalangan (ya’­ni avval foydalanilgan va ularning samaradorligini baholash natija­sida tobora optimal bo‘lib chiqqan metodlar) harakat usullari va metodlarining o‘sishi sodir bo‘ladi.
……... o‘qituvchi pedagogik faoliyati jarayonida nazariy va amaliy tajribalar asosida, o‘z – o‘zini kasbiy jihatdan nazorat qilib, pedagogik mahoratini yanada takomillashtirib borishning ikkinchi shakli boshlanishini nazarda tutadi. (o’qituvchi javobi)
O‘z–o‘zini bilish jarayoni o‘qituvchining pedagogik mahorati doira­sida ma’lumotlarni qayd qilish darajasida kechadi, bunda refleksiyaning passiv shakli ustuvorlik qiladi. O‘qituvchi pedagogik faoliyatida yuzaga kelayotgan turli qiyinchiliklar va muammolarning sabablarini, erishila­yotgan yutuqlar va natijalarni shunchaki qayd qilib boradi.
O‘z – o‘zini anglash jarayoni o‘qituvchining o‘z faoliyati va unda o‘zi­ga nisbatan «metapozitsiya» (noaniq pozitsiyada)da turib, o‘ziga tash­qa­ridan qarash, o‘zini kuzatish malakasini ko‘zda tutadi. Bunda, interiorizatsiya (tashqi omillarning ichki omillarga o‘tishi) hodisasi amalga oshadi, kasbiy qiyinchiliklarning kelib chiqish sabablari rasmiy­lashtiriladi; faoliyatdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad aniqlanadi, refleksiv – «MEN» shakllanadi. Bu o‘qituvchining dolzarb rivojlanish zonasi bilan bog‘liq.
O‘z – o‘zini aniqlashtirish jarayonida boshlang‘ich daraja kasbiy ehti­yojlarni hisobga olib belgilanadi va jadal imkoniyatlar asosida faoli­yat rejalashtiriladi. Strategik, taktik va tezkor vazifalar shakllantiriladi. Haqi­qiy «MEN» va ideal «MEN» nisbatlanadi. Bu o‘qituvchining eng yaqin rivojlanish darajasi bilan bog‘liq.
O‘z – o‘zini rivojlantirish jarayonida o‘qituvchining kasbiy faoliyati davomida takomillashtirilgan pedagogik mahorati, refleksiyalangan (ya’­ni avval foydalanilgan va ularning samaradorligini baholash natija­sida tobora optimal bo‘lib chiqqan metodlar) harakat usullari va metodlarining o‘sishi sodir bo‘ladi.
O‘z – o‘zini nazorat qilish o‘qituvchi pedagogik faoliyati jarayonida nazariy va amaliy tajribalar asosida, o‘z – o‘zini kasbiy jihatdan nazorat qilib, pedagogik mahoratini yanada takomillashtirib borishning ikkinchi shakli boshlanishini nazarda tutadi.





Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin