F
(Fikringizni bayon eting).
S
(Fikringiz bayoniga biror sabab ko’rsating).
|
M
(Ko’rsatilgan sababga tushuntiruvchi misol keltiring).
|
U
(Fikringizni umumlashtiring).
|
FSMU jadvali
O`qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi bo’yicha FSMU jadvalini to’ldiring
Jadvalni to’ldiring va tahlil qiling:
Quyidagi “Insert” jadvalini to’ldiring
(+)
Men bilgan ma’lumotlarga mos
|
(-)
Men bilgan ma’lumotlarga zid
|
(V)
Men uchun yangi ma’lumot
|
(?)
Men uchun tushunarsiz yoki ma’lumotni aniqlash
|
|
|
|
|
Savol va topshiriqlar
1.O’qituvchilar faoliyatda milliy tarbiya shakllanishiga misollar keltiring
2.Bo’lajak o’qituvchining tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga doir qanday kasbiy kompetentsiyalari mavjud, ular asosida Venn diagrammasi tayyorlang
3. Sinf rahbarlariga milliy tarbiyani amalga oshirish uchun qanday zaruriy shaxsiy va kasbiy sifatlarini bilasiz?.
9-Mavzu
O’quvchilarning milliy tarbiyalanganlik ko’rsatkichlari
Mavzu rejasi:
1.Ta’limning milliy tarbiyaviy mazmuni.
2. Milliy tarbiya mazmunining qadriyatlar, an’analarda aks etishi.
3.Tarbiya darsliklarida milliy tarbiya g’oyalarining sindirilganligi.
Dunyo hamjamiyatida yoshlar tarbiyasi, ularni hayotga tayyorlash, kasb tanlashga o‘rgatish, ularda zamonaviy tendensiyalarga moslasha olish ko‘nikmalarini shakllantirish kabi masalalar doim dolzarbligi va ahamiyatini yo‘qatmaydi. Bu muammoni o‘z o‘rnida bartaraf etishda milliy tarbiya va sharqona qadriyatlarning o‘rni beqiyosdir. Davlatimiz sobit qadamlar bilan o’z taraqqiyot yo’lidan bormoqda. Bu yo’l – milliy xususiyatlar, qadriyatlarni tiklash, saqlash, rivojlantirish, milliy g’ururimimzni uyg’otish, vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan mafkura negizida kamolotga erishish yo’lidir. Milliy tarbiya O’zbekistonning davlat mustaqilligini mustahkamlash va amalga oshirishga tayyor farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazishga xizmat qiladi. Bu maqsadga erishishning o’ziga xos nazariy muammolari bor. Shulardan biri – milliy tarbiya nazariyasining asosiy qoidalari va ilmiy tushunchalari yaratilmaganligidir. Ikkinchi muammo – «O’zbekiston mustaqilligini amalga oshirishga, mustahkamlashga tayyor farzandlar qanday fazilatlarga ega bo’lishi kerak?» degan savolga aniq tajribada asoslangan javoblar olish masalasidir. Bularning barchasi O’zbekiston maktablarida milliy tarbiyaning mezonlarini ilmiy asoslash zaruratini vujudga keltirmoqda. O’zbekiston maktablari o’quvchilarini milliy tarbiyalash mezonlari mustaqillik tufayli yanada dolzarb ahamiyat kasb etgan shaxsning milliyligiga bevosita aloqador bo’lgan fazilatlarini singdirish tamoyilidan kelib chiqib belgilanadi. Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda mustakil O’zbekistonning ijtimoiy buyurtmasi bulmish ijobiy sifatlar: milliy iftixor, vatanparvarlik, millatlararo mulokot madaniyati, milliy odob, vijdoniylik, iymon-e’tiqod, milliy istiklol mafkuraviy ongini rivojlantirish zarur. Ularning aksi bo’lgan salbiy sifatlar: milliy befarqlik, vatanfurushlik, xoinlik, manqurtlik, millatchilik, mahalliychilik, vijdonsizlik, mafkurasizlik kabilarga nafaqat uygotish darkor. Bu ishlarni bir-biri bilan uzviy boglab olib borish o’qituvchi-tarbiyachi tomonidan maxsus mezon qilib olinishi kerak. Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda o’quvchilarning yosh, aqliy imkoniyatlarini e’tiborga olinadi. Quyida boshlang’ich sinf o’quvchisining milliy tarbiyalanganlik ko’rsatkichlari va mezonlari qanday bo’lishini taxminiy namunasini keltiramiz. O’zbekiston – Vatanim mening. O’zbekistonning tabiiy, ma’naviy, jug’rofiy va milliy xususiyatini anglash; o’lkaning o’tmishini, hozirgi hayot va kelajagi haqida tushunchalarga ega bo’lish; O’zbekistonning, o’zbek xalqining qahramon farzandlari xizmatlarini bilish; O’zbekiston Davlat ramzlarini bilish. Milliy g’urur asoslari. O’zining o’zbek millatiga mansubligini anglash; «O’zbek xalqi» tushunchasining madaniy mohiyatini tushunish, o’zini o’z millatining farzandi deb bilib, milliy burchlarini anglash; ona tilini cheksiz sevish, shu tilda tug’ri so’zlash va fikrlash. Milliy odob. Avval salomlashib, keyin so’z boshlash; o’zbek xalqida «yaxshi», «yomon» deb baholanuvchi xulq namunalarini bilish, barchani «siz»lash, o’zidan katta va kichiklarni izzatlash, do’stlik burchlarni bilish; ustozlarni e’zozlash munosabati, uyat so’z, so’kinishga, odobsizlikka salbiy munosabat bildirish. Vijdoniylik. Biror ishga qo’l urishdan avval «Bu ishimga odamlar nima deyisharkan?» degan mulohaza va andishaga borish, rostgo’ylik, yaxshi xulq va yomon xulqning farqlarini tushunish, yaxshi xulqqa ijobiy, yomon xulqqa salbiy munosabatini bildirish, ko’nglidagi gapni ochiq aytishga o’rganish. Tarixning guvohlik berishicha, har bir xalq va millat o’zlarining eng ibtidoiy davridan, ya’ni urug’chilik davridan boshlab, o’zligini namoyon qilishiga, milliyligini saqlab qolishga va uni tobora rivojlantirib borishga harakat qilib kelganlar. Tarbiyaning bunday ko’rinishlari va uning o’ziga xos shakllari xilma-xildir. Shu o’rinda milliy qahramon Spitamenning vatanparvarlik yo’lida olib borgan mardonavor kurashlar yuqoridagi fikrimizga dalil bo’la oladi. Ilm-fan mo’jizalar yaratgan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Axmad Farg’oniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqa ko’plab ajdodlarimiz qaysi zaminda yashamasin, qaysi tilda asarlar yaratmasin, o’z elini, urfodatlarini unutmaganlar, doimo «O’zbek» degan nomni ulug’laganlar. Milliy an’analarmizni o’rganishda Maxmud Qoshg’ariy va Yusuf Xos Xojib singari mashhur siymolar xizmatlari ham beqiyosdir. Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur, Abdulg’ozi Baxodirxon, Nodirabegim, Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy kabi yorqin siymolarning sa’y-harakatlarini aytmaysizmi?! Haqiqatan ham, bu davr el-yurt tarixini, madaniyatini va san’atini o’rganishning oltin davrini tashkil etadi. Urf-odatlar, marosim va udumlar o’z-o’zicha boshqa xalqlar ma’naviyatidan ayricha taraqqiy etmagan qardosh-ўзбек, qirg’iz, turkman, tojik va ozarbayjon xalqlarining ta’sirida yaratilgan, taraqqiy topgan. Tarbiya metodlari (usullar) – o’qituvchi- tarbiyachining oquvchilarga ta’sir ko’rsatish usullar, ularga ijobiy xulq-atvor ko’nikmalarii va malakalarini singdirish maqsadida ularning hayoti va faolyatini tarbiyaviy jihatdan to’g’ri tashkil etish yo’llaridiir. Aniqrog’i, tarbiya usuli deb tarbiyachining bolalarda axloq-odoob fazilatlarini tarkib toptirsh ta’sir etish yo’llariga aytiladi. Tarbiya usullari tarbiyaning maqsadi va mazmunidan kelib chiqib, komil inson shaxsini tarbiyalashga qaratilgandir. O’z-o’zini tarbiyalash bolaning doimiy ishi bo’lmog’i va uzluksiz davom etmog’i zarur. Chunki haqiqiy tarbiya bolani o’z kuch, layoqatlari va qobiliyatini ishga solishga undaydi, uning ideallarini, shaxsiy mulohazalarini, e’tiqodlarini tarkib toptiradi. Natijada bola shaxsini har tomonlama rivojlantiirishga qaratilgan tarbiyaviy jarayon o’z-o’zini tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Tarbiyaviy usullarni ularning vazifasiga qarab quyidag asosiy guruhlarga ajratish mumkin: Ijtimoiy axloqni tarkib toptirish va o’quvchilar faoliyatini yo’lga qo’yish usullari: o’rgatish ibrat-namuna, ishontirish, o’yin, musobaqalar. Bular yordamida o’quvchida axloqiy odatlar hosil bo’ladi. O’quvchilarning xulqida tarbiyaviy mazmunga muvofiq axloqiy nafosat, mehnat qilish odatlari qaror topib boradi. Bunday odatlar asosan faoliyat zaminida tarkib topadi. Demak, bola shaxsini ifodalaydigan ijtimoiy xulq odatlarini hosil qilish uchun uni faoliyatga jalb etish yo’li bilan ijtimoiy aloqalar sharoitiga qo’yamiz va uning shaxsiy xususiyatlarini belgilaydigan odatlar hosil qilamiz. Bu guruh usullariga vazifalar bir-birdan farq qiladigan juda ko’p yo’l va vositalar kiradi. Masalan, o’quvchiga sharqona urf-odat, tarbiyani o’rgatish, mashq qildirish, ibrat namuna, talab etish ishontirish, o’yin, jamoatchilik fikridan foydalanish shular jumlasidandir. O’rgatish usuli o’quvchilarning hayotini, mehnatini, dam olishlarini batafsil o’ylab chiqqan holda tashkil etishni hamda dastlabki axloq-odob fazilatlarini tarkib toptirish maqsadida ularni muomala- munosabat, yurish-turish odobiga o’rgatib borishni nazarda tutadi. Bolalar tarbiyasida ibrat-namunaning ahamiyati kattadir. Namuna yoki ibrat usuli bolalardagi taqlidchanlikka asoslanadi. Taqlid boshqalarning xulq-atvorini, yurishturishini ongli yoki ixtiyorsiz ravishda takrorlash demakdir. Odatda bolalar o’zlarining yaqinlari, tevarak-atrofdagi kishilarning (ota-onalari, opa-akalari, muallimlari, kattalar, tengqurlari) xulq-atvorini va hatti-harakatlarini kuzatib boradilar, ularga taqlid qiladilar. Lekin ko’pincha bularning nimasi yaxshi-yu, nimasi yomon ekanini farqlay olmaydilar, ular o’zlari uchun ma’qul bo’lganlariga taqlid etadilar va qabul qiladilar. Mehnat inson hayoti uchun, uning farovon turmush kechirish uchun hamisha asos bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Mehnat – farovon va baxtli hayot kechirishning eng asosiy sharti bo’lganligi sababli hamma fuqarolar uchun majburiydir. Mehnat odamlarning biror maqsad uchun sarflagan vaqti, aqliy va jismoniy kuchi yoki zarur faoliyatidir. Mehnatsiz yashamoq mumkin emas. Ota-bobolarimiz asrlar davomida mehnatni ulug’lab kelishgan, o’zlari sidqidildan mehnat qilishgan. Bizga ulardan meros bo’lib qolgan barcha xazinalar – ilmiy-badiiy kitoblar, turli xildagi san’at asarlari, me’morchilik obidalari va boshqa narsalar ana shu mehnatning mahsulidir. Jahon fanining rivojiga bebaho hissa qo’shgan al-Xorazmiy, Ibn Sino, Ismoil Buxoriy, Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur singari bobokalonlarimiz mehnatsevarliklari tufayli ulkan yutuqlarni qo’lga kiritishgan va yoshlarni ham mehnatni sevishga, mehnatsevar bo’lishga chaqirishgan. Shu boisdan jahondagi barcha xalqlarning maqollarida bo’lgani kabi o’zbek maqollarida ham mehnat va mehnatsevarlik g’oyasi markaziy o’rinlardan birini egallaydi. «Suvsiz hayot bo’lmas, mehnatsiz rohat», «Mehnat qilsang yasharsan, katta-katta osharsan», «Oltin o’tda chiniqar, odam – mehnatda», Mehnat bilan suyagi qotgan, mehnat tufayli izzatu hurmat ko’rgan har bir ota-ona o’z farzandlarining ham halol mehnat bilan yashashini, mehnati bilan el-yurt oldida sharaf topishini xohlaydi. Har qanday yumush, jumladan, idish-tovoq yuvish, uyhovlilarni supurish, mol-xollarga qarash, tomorqa, qurilish, ta’mirlash ishlarida qatnashish ham mehnatdir. Ota-onalar bolalarining kelajagini o’ylab, ularni ilk yoshlaridan mehnatga solib chiniqtirib boradilar. To’g’ri tarbiyaning eng ta’sirli, eng samarali usuli ham mehnatdir. Ota-onalar bolalarining mehnatiga hamma vaqt ham muhtoj bo’lavermaydilar, lekin bolani yoshligidan ishga o’rgatish, mehnatga ko’niktirish zimmalaridagi burch ekanligidan shunday yo’l tutadilar. Oilada ota-onalar o’z farzandlarining mehnatsevar, tejamkor va ehtiyotkor kishilar bo’lib yetishishlarida o’zlari namuna bo’lishlari kerak. Bu tarbiya ishlari uchun juda muhim omillardan sanaladi. Bolalarda mehnatga bo’lgan qiziqish va ehtiyoj ancha barvaqt paydo bo’ladi. Maktabga kelgan o’g’il va qizlarda esa muayyan mehnat ko’nikmalari tarkib topgan bo’ladi. Bu ko’nikmalar maktabdagi ta’lim [1-30] va tarbiya ta’sirida yanada mustahkamlanadi. O’quvchilarning jismoniy mehnatga nisbatan ijobiy munosabatlarini tarbiyalashda mehnat turlari va ilg’or mehnat kishilari haqida suhbatlar o’tkazish, ishlab chiqarish korxonalariga, zavod va fabrikalarga, dala, bog’ va chorvachilik, parrandachilik fermalariga ekskursiyalar uyushtirish, mehnat ilg’orlari haqida ocherk va hikoyalardan o’qib berish; mehnatni ulug’lovchi ertak va maqollardan foydalanish; o’quvchilarning o’z ota-onalari kasbi, ularning ishlari haqida suhbatlar uyushtirish singari tadbirlardan foydalanish yaxshi natijalar beradi.
Dostları ilə paylaş: |