O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi qarshi davlat universiteti



Yüklə 249,06 Kb.
səhifə12/22
tarix29.03.2022
ölçüsü249,06 Kb.
#54402
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi qarshi davlat un-fayllar.org

Savol-javob metodi. Ushbu metod o‘qituvchi va talaba o‘rtasida faol muloqotni yuzaga keltirishda bir qator imkoniyatlarga egadir. Savol-javoblar jarayonida talaba tomonidan muayyan fan asoslari yuzasidan o‘zlashtirilgan

38


nazariy bilimlar darajasi, shuningdek, uning ma‘lum voqea-hodisalarga munosabatini aniqlashga muvaffaq bo‘linadi.

Savol-javoblar metodidan ham samarali foydalanish quyidagi holatlarga amal qilish orqali ta‘minlanadi:


-o‘qituvchi tomonidan ishlab chiqilayotgan savollarning talaba yoshi, psixologik va shaxsiy xususiyatlariga mosligi;
-savollarning muayyan mavzu yoki holat mazmunini tahlil etishga yo‘naltirilganligi;
-savollarning bir-birini mantiqiy to‘ldirib borishi, ular o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik, izchillik hamda uzviylikka erishish;
-savollarga to‘laqonli javob qaytarishi uchun talabaga imkoniyat berish;
-javoblarga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lish, ularni inkor etish, javoblarning noto‘g‘ri ekanligi to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri fikr yuritish holatlarining yuzaga kelishini oldini olish;
-savol-javob jarayonida o‘qituvchi hamda talaba o‘rtasida ijodiy hamkorlikni yuzaga keltirish.
4. "Aqliy hujum" metodi – ta‘limning noan‘anaviy metodlaridan biri bo‘lib, u Bolalarni o‘zlarining ijodiy imkoniyatlari hamda tasavvurlari imkoniyatlaridan samarali foydalanishga hamda Bolalarni fikrlashga, fikrini tahlil etishga, ularni boshqalarning fikrlari bilan taqqoslashga undaydi. Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo‘llaniladigan metod sanalib, u mashg‘ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o‘z tasavvurlari va g‘oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma‘lum ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga rag‘batlantiradi.
Aqliy hujum metodi qo‘llanganda bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi. Bildirilgan har qanday fikr hatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham inobatga olinadi hamda fikr-g‘oyalarni to‘ldirish va kengaytirish mumkin. Aqliy hujum metodi biror muammoni echishda Bolalar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma‘lum bir echimga kelinadigan eng samarali metoddir.



  1. Yüklə 249,06 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin