2 sinf O‘qish va nutq o‘stirish (136 soat) O‘qish mavzulari:
1. Ona yurtim –oltin beshigim (19 soat) O‘quvchilarga bizning ona yurtimiz–O‘zbekiston Respublikasi, uning poytaxti Toshkent ekanini, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Navoiy kabi viloyatlari borligi uqtiriladi .
Har kim o‘z ona yurtini sevishi, uning tinch, go‘zal bo‘lishi uchun harakat qilishi o‘quvchilarga hayotiy misollar bilan tushuntiriladi .
O‘zbekiston xaritasidan mamlakatimiz hududi va undagi qadimiy shaharlar ota – bobolarimiz o‘z ona ozodligi yo‘lida kurashib kelganliklari, bugungi vatanimiz go‘zalligi, xalq farovonligi yo‘lida o‘qish va mehnat qilish kerakligi haqida o‘qtiriladi.
O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar: O‘zbekiston. 2. O‘zbekiston – mening Vatanim. 3. O‘zbekistonim. 4. Istiqlol. 5. Humo qushi. 6. Toshkent. 7. Toshkent metrosi. 8. O‘lka. 9. Hikoyat. 10. El-yurt uchun fidoyi insonlar. 11. Sohibqiron bobomiz.
12. Vatan. 13. Bobom qurgan ko‘prik. 14. Tilagim.
2. Maktabim – qutlug‘ makonim, kitobim- oftobim (12 soat) O‘quvchilarga maktab muqaddas dargoh, kitob mo‘tabar ekanligi haqida amaliy tushunchalar beriladi. Ularga o‘qituvchi ustoz-murabbiy ekanligi, u bolalarga bilim chashmalarini ochuvchi ulug‘ va mo‘tabar inson sifatida e’zozlanishi, bilim manbai – kitobni sevish, ardoqlash, asrash o‘quvchilarning burchi ekanligi, kitoblar ularga ko‘p voqea-hodisalar haqida hikoya qilishi, shuning uchun ham ular katta boylik deb ta’riflanishi haqidagi bilimlar singdiriladi. O‘quvchilarga kitob o‘qish qoidalariga rioya qilish eslatiladi.
1. O‘quvchiga esdalik. 2. Kitob. 3. Kitob deydi. 4. Orzular. 5. Mayib kitob.
6. Alisher bilan Bobur. 7. Shoir bilan shoh. 8. Navoiy hikmatlari. 9. Inoqlikda gap katta. 10. Barcha bola do‘st bo‘lsa. 11. Vaqt qadri. 12. Muallimim. 13. Bahs. 14. Maktabdan kelganimda. 15. Kitob. 16. Kitobimni qancha sevsam oz bo‘lur.