O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar: Maktab – oftob qo‘shig‘i. 2. Kitobni asrang. 3.Kitob - mening do‘stimsan.
4.Kompyuter. 5.Yaxshi niyat. 6.Toshbaqa va quyon.
5. Xalq o‘giti – baxt kaliti (9 soat) “Xalq o‘giti – baxt kaliti” bo‘limiga bolalar qalbiga ona allasi bilan kirib kelgan og‘zaki ijod namunalari kiritilgan bo‘lib, ezgulik, to‘g‘ri so‘zlik, sofdillik, nafosat, do‘stlik, o‘rtoqlik, ahillik haqida tasavvur hosil qiladi.
O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar: Sher va sichqon. 2. Maymun va duradgor. 3. Rostgo‘y bola. 4.Laylak keldi - yoz bo‘ldi. 5.Latifalar.
6. Odob –insonga husn (8 soat) “Odob – insonga husn” bo‘limiga kiritilgan asarlar fahm-farosat, hayo va odob, qanoat kabilar insonning ma’naviy-axloqiy qiyofasini belgilovchi asosiy omillar ekani yuzasidan ilk tushunchalar berishga mo‘ljallangan.
O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar: Oftob va odob. 2. Odob. 3. Kapalak. 4. Maslahat. 5. Ochko‘z sichqon. 6. Dil so‘zlari. 7.Chiroyli salom.
7. Mehnatning tagi – rohat (10 soat) “Mehnatning tagi-rohat” bo‘limida mehnat tufayli inson baxtga erishishi, ona yerning insonlar mehnati tufayli boylik manbaiga aylanishi haqidagi tushunchalar tarkib toptiriladi.
O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar: Aqlli bog‘bon. 2. Soqi bilan onasi. 3. Yer nima der? 4. Tugma. 5. Maqtanchoq g‘oz. 6. Hakka va uning bolalari. 7. Ona yer. 8. Yurak.