5-6-7-mavzular. O tovush va Oo harfi. N tovushi va Nn harfi. A tovushi va Aa harfi (3 soat). Oo, Nn, Aa harflari bilan tanishtirish. Harf va tovushga ilova qilib berilgan so‘z andozalari asosida o‘tilgan harf-tovushning so‘zdagi o‘rni haqida tushuncha berish. Kesma harflar yordamida so‘zlar tuzish va ularni o‘qitish. Sinfdan tashqari o‘qish -15 daq.
8-9-mavzular. I tovushi va Ii harfi. I tovushi va Ii harfini mustahkamlash (2 soat). Ii harfi va tovushining aytilishi, so‘zlardagi o‘rni bilan tanishtirish. So‘z andozalaridan Ii tovush-harfining o‘rnini topish. Kesma harflar yordamida so‘zlar tuzish va ularni o‘qitish.
10-11-mavzular. M tovushi va Mm harfi. M tovushi va Mm harfini mustahkamlash (2 soat). Mm harf-tovushi artikulyatsiyasi haqida tushuncha berish. Harf-tovushlarga ilova qilib berilgan so‘zlarning ma’nolari haqida suhbatlashish va o‘qitish. So‘z andozalaridan Mm tovush-harfining o‘rnini toptirish. Kesma harflar yordamida so‘zlar tuzdirish va ularni o‘qitish. Sinfdan tashqari o‘qish -15 daq.
12-13-mavzular. T tovushi Tt harfi. T tovushi va Tt harfini mustahkamlash (2 soat). Tt harf-tovushi artikulyatsiyasi haqida tushuncha berish. So‘z andozalaridan Tt tovush-harfining o‘rnini toptirish. Harf-tovushga ilova qilib berilgan so‘zlarning ma’nolari haqida suhbatlashish. Sinfdan tashqari o‘qish -15 daq.
14-15-mavzular. L tovushi va Ll harfi. L tovushi va Ll harfini mustahkamlash (2 soat). Ll harfi va tovushining aytilishi, so‘zlardagi o‘rni bilan tanishtirish. Ll harfi va tovushlari qatnashgan so‘z va matnlarni ravon o‘qishga o‘rgatish.
16-17-mavzular. B tovushi va Bb harfi. B tovushi va Bb harfini mustahkamlash (2 soat). Bb harfi va tovushining aytilishi, so‘zlardagi o‘rni bilan tanishtirish. Bb harfi va tovushi qatnashgan so‘z va matnlarni ravon o‘qishga o‘rgatish. Sinfdan tashqari o‘qish - 15 daq.