11-mavzu. X va h tovush va harfi (1 soat). X va h undosh tovushining talaffuzi va imlosi.
12-mavzu. Jharfining ikki xil tovushni ifodalashi va ularning talaffuzi, imlosi (1 soat). J harfining j (portlovchi) va j (sirg‘aluvchi) tovushni ifodalashi.
13-14-mavzular. Harf birikmalari. Q va g‘ tovushlari (2 soat). Sh, ch, ngharf birikmalari, ularning bitta tovush ifodalashi va talaffuzi hamda imlosi. Q va g‘ tovushlari, ularning harfiy ifodasi, so‘z oxirida kelganda q tovushining g‘ tarzida, so‘z o‘rtasida kelganda x tarzida (maqsad-maxsad) talaffuz qilinishi va imlosi.
15-mavzu. Aytilishi va yozilishida farqlanuvchi undoshlar (1 soat). So‘zdagi tovush va harflarni aniqlash. Aytilishi va yozilishida farqlanadigan undoshlarni ajrata bilish.
16-mavzu. Aytilishi va yozilishida farqlanuvchi undoshlar (1 soat).
Aytilishi va yozilishida farqlanuvchi undoshlarga jufti bor b-p, d-t, z-s, j- sh, j-ch, v-f, g‘-xkabi undoshlar kirishi, ularning talaffuzi va imlosi.
Nazorat ishi (1 soat). 18-19-mavzular. Tutuq belgisi (2 soat). Tutuq belgili so‘zlarning talaffuzi va imlosi: Tutuq belgisini (’) so‘z tarkibida to‘g‘ri shakllantirish. Tutuq belgisining so‘zdagi vazifasi: o‘zidan oldingi unlining cho‘ziq aytilishiga, oldingi bo‘g‘inning keyingi bo‘g‘indan ajratib talaffuz qilinishiga xizmat qilishi, so‘z ma’nolarini farqlashi. O‘quvchilarning undosh tovush va harflar yuzasidan bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish.
20-21-mavzular. Alifbe va alifbo (2 soat). Alifbo harflarning ma’lum bir tartibda joylashuvi ekani, harflarning bosh va kichik shakllari. So‘zlarni alifbo tartibida yozish. Alifboning amaliy ahamiyati. Tovush va harflarga doir tahlil.
22-23-mavzular. Bo‘g‘in. Unli tovushlarning bo‘g‘in hosil qilishi (2 soat). So‘zlarning bo‘g‘inlarga bo‘linishi. So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish va chiziqcha bilan yozish. Unlining bo‘g‘in hosil qilishi. So‘zda nechta unli bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘lishi.