A1+ Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). Mavzu. Polvon.Ertak . (1 soat). Ertakda qadim zamonda bir polvon bo‘lib, uning dimog‘i shishib ketishi. Hech kimni pisand qilmay qo‘yishi. Odamlarga nisbatan zo‘ravon, muttaham bo‘lib ketishi. Bir mo‘ysafidning qutisini ko‘tarish to‘g‘risida bergan topshirig‘ini bajara olmasdan izza bo‘lishi. Ongli va ifodali o‘qish.
51-mavzu. O‘g‘lon.Rivoyat (1 soat). Keksa odamning asrga tushishi. Qaroqchilar bilan suhbati. Qaroqchilar chol va uning o‘g‘lini qo‘yib yuborishi. Rivoyat mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
52-mavzu. Kitob. Tohir Malik (1 soat). Akadan ibrat olishi. Kitobning qudrati. Mavzu mazmuniga doir maqol, topishmoqlar. Ongli va ifodali o‘qish.
53-mavzu. Bola Alisher.Oybek (1 soat). Alisherni otasi domlaga olib borishi. Ustozi va otasiga bo‘lgan hurmati. Mavzu mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
54-mavzu. Yosh hakim. Mirkarim Osim (1 soat). Ibn Sinoning tabiblik qilishi. Kasalmand podshoni davolashi. Kitobni sevishi. Mavzu mazmuniga doir maqol, topishmoq va tez aytishlar. Ongli va ifodali o‘qish.
55-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). A1+ Mavzu. Saxiylik. Abdulla Avloniy (1 soat). Said ismli bolaga otasi har kuni maktabda taom olishi uchun pul berishi. Yo‘lda unga faqir odam uchrashi. Otasi bergan pulini berib, yaxshilik qilishi va duo olishi. Maktabdan kelgandan so‘ng otasi “saxiy Saidim “deyishi va duolar orqali boyib ketishi haqida. Ongli va ifodali o‘qish.
Mavzu. Tushimga kiradi Qodiriy bobom. Muhammad Yusuf (1 soat). She’rda shoir Abdulla Qodiriy boboga bo‘lgan hurmati va sog‘inchi tasvirlangan. Abdulla Qodiriyning asarlari unga ilhom bag‘ishlashi haqida. Ongli va ifodali o‘qish.
56-mavzu. Alpomishning bolaligi. Ertak (1 soat). Alpomishning bolaligi. Alp nomini olishi. Ertak mazmuniga doir maqol, tez aytishlar. Ongli va ifodali o‘qish.