78-mavzu. Omonning orzusi. Abdurahmon Akbar (1 soat). Yangi yil bayrami. O‘rmonda archaning bezatilishi. O‘rmon hayvonlari bilan bayramning o‘tkazilishi. Mavzu mazmuniga doir topishmoqlar. Ongli va ifodali o‘qish.
79-mavzu. Koinotga sayohat. Abdusalom Umarov (1 soat). To‘rt o‘rtoq raketa yasashi. Unga “Istiqlol” deb nom berishi. “Istiqlolga o‘tirib, koinotga safarga chiqishi. Koinot haqidagi ma’lumotlarni tengdoshlariga yuborishi. Ongli va ifodali o‘qish.
80-mavzu. Istiqlol kemasi.Abdusalom Umarov (1 soat). Jahongir, Javlon, Jasur, Javdatlar koinotdagi o‘zgarishlarni bir-biriga yetkazishi. Ongli va ifodali o‘qish.
81-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). A1+ Mavzu. Ulug‘bek. Miraziz A’zam (1 soat). Bola o‘rtog‘iga osmonga qarab yulduzlarni sanay olmagani, lekin bobomiz Ulug‘bek shu yulduzlar haqida ko‘p ma’lumot berganligi. Ongli va ifodali o‘qish.
Mavzu. Tok. Tolib Yo‘ldosh (1 soat). Bola tok ekishi. Uni yaxshilab parvarishlash orqali yaxshi meva berib, dasturxonga ko‘rk qo‘shishi haqida. Ongli va ifodali o‘qish.
82-mavzu. Zamonaviy oila. Muazzam Ibrohimova (1 soat). Behruzning oilasi. Oila a’zolari kitobni sevishi. Aka-opasi chet tillarini yaxshi bilishi. Mahallada bu oilani zamonaviy oila deyilishi. Mavzu mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
Nazorat ishi (1 soat). 83-84-mavzular. Bahs. Sunnatilla Anorboyev (2 soat). Halim, Salim va Karim bahslashishi. Karim yaylovda cho‘ponlik qilishi. Halim hisobchi va Salim omborchi bo‘lishi. Har bir kasbning mashaqqati va foydasi. Karimning o‘z xatosini tushunishi. Mavzu mazmuniga doir maqol, topishmoq va tez aytishlar. Ongli va ifodali o‘qish.
85-mavzu. Sovg‘a.Farhod Musajon (1 soat). Abdulaziz dadasi bilan gul ekishi. Uni parvarishlashi. O‘stirgan gulidan Fayozaga taqdim etishi. Mavzu mazmuniga oid maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.