Nazorat ishi (1 soat). 92-93-mavzular. Elim deb, yurtim deb yashagan inson. Bo‘riboy Ahmedov (2 soat). Amir Temurning bolaligi. Temurbek 7 yoshga to‘lganda bilim olishi. 9 yoshga yetganda madrasadagi bolalardan o‘zib ketishi. 12 yoshida bolalar bilan o‘ynashni kamaytirishi. 15 yoshga kirganda ot minib, ov qilishni o‘rganishi. Bu kasbga bog‘lanib qolishi. Atrofidagi xalqni yig‘ib, mo‘g‘ul bosqinchilari ustidan g‘alaba qozonishi. Ongli va ifodali o‘qish.
94-mavzu. Sohibqiron Temur bobo.Rivoyat (1 soat). Rivoyatda Temurga otasi ming oltinga bitik yozilgan qog‘ozni olib berishi. Bu bitikka rioya qilishi. Alloma va shoir Kamol Xo‘jandiyning suhbati. Ongli va ifodali o‘qish.
A1+ Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). Mavzu. Haqparvar. To‘lqin Xayit ( 1 soat). Hikoya A.Temurning adolat va haqiqat yo‘lida olib borgan ishlari haqida ongli va ifodali o‘qish. Mavzu mazmuniga doir qo‘shimcha topshiriqlar.
95-mavzu. Donolarning donosi.Abduqodir Hayitmetov (1 soat). Alisher Navoiyning asarlari. Uning vazir bo‘lganida xalq uchun ko‘p ishlar qilishi, el mehrini qozonishi, o‘qituvchini bergan bilimi uchun xazinadagi barcha oltinlar ham kam ekanligi haqida.
96-mavzu. Navoiyning do‘sti. Rivoyat (1 soat). Navoiy do‘sti pahlavon Muhammadni Husayn Boyqaro chiqargan buyruqdan qutqarib qolishi. Do‘stiga sodiq bo‘lishi. Mavzu mazmuniga doir maqollar, hikmatli so‘zlar. Ongli va ifodali o‘qish.
97-mavzu. Zahiriddin Muhammad Bobur.Xayriddin Sulton (1 soat). Umarshayx Mirzo saroyida go‘dak tug‘ilishi. Bu go‘dakka “Zahiriddin Muhammad” deb nom qo‘yilishi. Beshikda yotgan go‘dakka olim, shoir, shoh bo‘lishini niyat qilinishi. Mavzu mazmuniga doir maqollar, hikmatli so‘zlar. Ongli va ifodali o‘qish.
98-mavzu. Saylda.Mirzo Karim (1 soat). Bobur ismining olishi. Tarbiyachisi Shayx Maziddin sayl uyushtirishi. Saylda harbiylik yo‘nalishida o‘rgangan bilimlarini sinashi. Mavzu mazmuniga doir maqollar, hikmatli so‘zlar. Ongli va ifodali o‘qish.