2-mavzu. Iqboli buyuksan she’ri. Abdulla Oripov (1 soat). She’rda insonning ota-ona oldidagi farzandlik burchining vatan oldidagi burchi bilan uyg‘unligi. Yosh avlodning har jihatdan kamol topishi. She’r mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
3-mavzu. Qodir boboning orzusi. To‘lqin Hayit (1 soat). Qodir bobo va nabirasining suhbati. Mamlakatimizdagi avtomobillar. Har qanday kasbning ulug‘ligi. Ozod va obod Vatan qadri. Ongli va ifodali o‘qish.
4-mavzu. Istiqlol bolalari.Dilshod Rajab (1 soat). Isiqlol bolalari – quvnoq o‘g‘il-qizlarning jo‘shib kuylanishi. A’lo o‘qish – Vatanning kelajagi, ishonchi va quvonchi ekanligi. Ongli va ifodali o‘qish.
Nazorat ishi (1 soat). A1+ Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). Mavzu. Qo‘lni qo‘lga beraylik. Miraziz A’zam (1 soat) Mustaqillikning ulug‘ligi. Uni birinchi sentabrda nishonlashimiz. Mustaqillik buyuk davlat qurishga sababchi bo‘lishi. Ongli, ravon va ifodali o‘qish.
Takrorlash (1 soat).
II bo‘lim. O‘ZBEKISTON – VATANIM MANIM (9 soat, A1+: 4 soat)
5-mavzu. Serquyosh o‘lka she’ri. Zafar Diyor (1 soat). She’rda O‘zbekistonning “bog‘u bo‘ston”, “serquyosh” sifatlari bilan ulug‘lanishi. Yurtimizni “serquyosh o‘lka” deb nomlanishi. She’r mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
6-7-mavzular. Xarita.Normurod Norqobil (2 soat). Hikoyada vatanga bo‘lgan muhabbatning kichik qahramonlar chizgan shahar va qishloqlar misolida ifodalanishi. Bolalarning tortishuvi. Ko‘hna yodgorliklar. O‘zbekistonning chegaradosh davlatlari. Hikoya mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
8-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). A1+ Mavzu. Vatan haqida qo‘shiq. Aziz Abdurazzoq (1 soat). Biz ko‘z ochib ko‘rgan yurt, kindik qonimiz to‘kilgan ona zaminning muqaddasligi, ona kabi aziz va mukarramligi, uning qadriga yetish, avaylab-asrash va kelajak avlodlarga yetkazish. Har bir insonning eng aziz insoniy burchi ekanligi xususida tushuncha berish. Ongli va ifodali o‘qish.