60-61-mavzular. Alisherning yoshligi. Oybek (2 soat). Alisher bilan Xusaynning yoshlikdagi hayoti. Alisher, Husayn va do‘stlari bilan suhbati. Ularning qiziqishlari. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
62-mavzu. Shum bola. G‘afur G‘ulom (1 soat). Domla bolani ovqatlantirishi. Domla va bolaning suhbati. Yetim bolaga munosabati. O‘tmishdagi xalq hayotining nochorligi to‘g‘risida. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
A1+ Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). Mavzu. Rivoyat(1 soat). Temurning Samarqanddagi Darxon qishlog‘iga kelishi. Bu qishloqda Darxon ismli kampir Temurga o‘z tilagini aytishi. Qishloqqa ariq qazib berishini so‘rashi. Ongli va ifodali o‘qish.
63-mavzu. Shahzodaning bolaligi.Erkin Samandar (1 soat). Malika va Kuzbor Malikning suhbati. Ustozidan iltimosi. Chavandozlik sirlari. Shahzoda Jamoliddinni chavandozlik, qilichbozlikdan iborat harbiy ishlarga o‘rgatishdan ko‘zlangan maqsadi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
Nazorat ishi (1 soat). 64-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). Takrorlash (1 soat). A1+ Mavzu. Yolg‘onning umri qisqa. I.Zoyir (2 soat). Yolg‘onchilikning oxiri voy bo‘lishi. Yolg‘onchi kishilarning el-yurt oldida yuzining shuvut bo‘lishining ko‘rsatilishi. Ongli va ifodali o‘qish.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: Adabiy-nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish): A1 she’r, rivoyat, qissadan parcha, maqol, topishmoqlar, ertak hamda ixcham audiomatn va videotasvirlarni tinglab tushuna oladi;
ularni tushunib, ongli ifodali (bo‘g‘inlamay sidirg‘a) o‘qiy oladi va ularning mazmunini qisqartirib, qayta aytib bera oladi;
o‘rganilgan mavzular doirasida bayon va bolalar yozuvchilari, ularning asarlari nomini yoza oladi;
o‘qish uchun kitoblar (badiiy asar namunalari)ni mustaqil tanlay oladi.