A1+ mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan asarlardagi voqea-hodisalarni qayta hikoya qila oladi.
37-mavzu. Hiylagarning jazosi. Ertak (1 soat). Soddadil va hiylagar tillalarni taqsimlashi. Hiylagarning qozi tomonidan fosh qilinishi. To‘g‘rilik, soddadillik bilan makr-hiyla, mug‘ombirlik, xiyonatkorlik o‘rtasidagi azaliy ziddiyat. Halollik, to‘g‘rilikning yuksak ma’naviy fazilatlar ekanligi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
Takrorlash (1 soat). 38-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). 39-40-mavzular. Hunarsiz kishi o‘limga yaqin. Ertak (2 soat). O‘tinchi qizning podshohga sharti. Bu shartni podshoh va sovchilar qanday tushunishi. Hunarning afzalligi. Kasb-hunarga mehr-muhabbat uyg‘onishi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
A1+ Mavzu. Ziyrak bola. Ertak (1 soat). Ertakda hayotdagi oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan qing‘irliklarni fahm-farosat, ziyraklik bilan hal qilish mumkinligini tasvirlash. Ongli va ifodali o‘qish.
Mavzu. Ikki xasis. Muhammad Avfiy (1 soat). Ikki shahardagi xasislik bilan nom qozongan boylarning mol-mulki oxir-oqibat o‘zlariga ham buyurmasligi tasvir etilishi. Ongli va ifodali o‘qish.
41-42-43-mavzular. Ziyrak uch yigit.Ertak (3 soat). Tuyaning belgilari. Zindonband etilishi. Sharob, kabob va hokim haqidagi taxminlar. Voqealar o‘rtasidagi bog‘liqliklar. Ertak mazmuniga doir maqollar, tez aytishlar. Ongli va ifodali o‘qish.
44-45-mavzular. Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida ertak. Ertak (2 soat). Anvar Obidjon. Hayvonlarning shifo izlab kelishi. Quyon va to‘nqizning qochib ketishi. Ochko‘zlik, nafsga berilish yomon oqibatlarga olib kelishi. Matn mazmuniga doir maqol va topishmoqlar. Ongli va ifodali o‘qish.
A1+ Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).