A1+ Mavzu. Xiyonat. Rivoyat (1 soat). Vatanga xiyonat qilish og‘ir gunoh ekanligi Dalvarzin qal’a misolida ko‘rsatib o‘tilgan. Shu yo‘l bilan xiyonat qilmaslikka, vatanni asrab-avaylashga o‘rgatishga da’vat etish. Ongli va ifodali o‘qish.
Mavzu. Aql va boylik. Ertak (1 soat). Noqonuniy yo‘llar bilan boylik orttirish hamda aql, idrok va fahm-farosat bilan turmush kechirishning oqibatlari haqida so‘z yuritish. Ongli va ifodali o‘qish.
28-mavzu. Oftob chiqdi olamga. Qo‘shiq (1 soat). Qo‘shiqda quvnoq va o‘yinqaroq bolalarning o‘ziga xos xislatlari. Ongli va ifodali o‘qish.
29-mavzu. Xo‘p hayda (1 soat). She’rda o‘tmishdagi insonlarning tabiatga munosabati va mashaqqatli hayoti. Qo‘shiqning kuylanishi payti. Xirmon egasi otni erkalashi. She’r mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
30-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). 31-32-mavzular. Ilm afzal. Ertak (2 soat). Ota va qizning suhbati. Otasiga bergan maslahati. Chol va o‘g‘illarining suhbati. Aka-ukalarning xulosaga kelishi. Ilmning har narsadan afzalligi. Ertak mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
A1+ Mavzu. Tuyalar. She’r (1 soat). Qadim xalq she’riyatida turli hayvonlarning, jumladan, tuyalarning inson og‘irini yengil qilish eng qulay transport vositasi ekanligi to‘g‘risida so‘z yuritish.
Mavzu. Otalar so‘zi. “G‘uncha” jurnali ( 1 soat). Matnda tejamkorlik, to‘g‘rilik, intizomlilik, to‘g‘rilik, odoblilik xususida. Har bir axloqiy xislatlarni ochib berilishi. Ongli va ifodali o‘qish.
33-mavzular. Davlat.Ertak (1 soat). Dehqonning turmush kechirishi. Dehqonchilik mehnati tufayli yaratiladigan noz-ne’matlar. Davlatning dehqonning uyidan ketishni xohlamasligi. Mehnatga bo‘lgan muhabbat. Ertak mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.