Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
turli manbalarning ma’lumotlaridan foydalana olish, o‘ziga zarur ma’lumotlarni o‘zlashtira olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
kun tartibiga amal qilish, sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullanish, maktabda, ko‘chada, jamoat transportida yurish qoidalariga roya qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
sinfda, maktabda, oilada, mahallada o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etishi, o‘zaro munosabatlarida muomala madaniyatga ega bo‘lishi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
o‘zi yashaydigan joy tabiatini bilish; uyi, maktabi, turar joyini qadrlash, milliy bayramlarni bilish va tadbirlarda ishtirok etish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
kun tartibiga amal qilgan holda kundalik ish rejasini tuza olish, maishiy texnika jihozlaridan foydalana olish, ehtiyotkorlik va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.
1-BOB. ATROFIMIZDAGI OLAM
(5 soat)
1-mavzu. Kirish. Men va atrofimizdagi olam. (1 soat)
Atrofimizdagi olam va uning xilma-xilligi haqida tushuncha berish.
Tevarak-atrof bilan tanishish.
2-mavzu: Bizning maktab. (1 soat)
Maktab binosi va hovlisi, sinfxonalari, kutubxona, oshxona, sport zali va boshqalar haqida ma’lumot berish.
3-mavzu: Bizning sinf. (1 soat)
Sinf xonasi. Partada o‘tirish qoidasi. Xonani toza va tartibli saqlash, o‘z vaqtida shamollatish.
4-mavzu: Bizning mahalla. (1 soat)
Men yashaydigan manzil. Mahallamiz manzarasi: ko‘chalari, uylari, do‘kon, bog‘cha, maktab, aloqa bo‘limi.
5-mavzu: Ko‘chada yurish qoidalari. (1 soat)
Uydan maktabgacha yo‘l. Ko‘chada yurish qoidalari. Piyodalar uchun yo‘lak, chorraha, yo‘lning o‘tish joyi, svetofor. Jamoat transportida yurish qoidasi.
Dostları ilə paylaş: |