Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi. Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi. Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi. Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi. Ushbu fanga oid umumiy kompetensiyalar o‘quv dasturlarining 1-4-sinflarida yil oxirida keltirildi. O‘quv dasturida nazorat ishlari ham berildi. Mazkur nazorat ishlari mavzular kesimida joylashtirilgan.
Me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi:
I. TK-tayanch kompetensiyalar TK1-kommunikativ kompetensiya;
TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi.
II. FK-fanga oid kompetensiyalar FK1-tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi;
FK2- geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi;