11-mavzu. Bo‘lim yuzasidan takrorlash (1 soat). O‘zbekiston - mening Vatanim bo‘limi yuzasidan o‘quvchilar bilimini takrorlash va umumlashtirish. Boshqotirma va rebuslar yechish orqali o‘quvchilar bilimini mustahkamlash. Sinfdan tashqari o‘qish (20 daq.).
Nazorat ishi (1 soat).
II bo‘lim. BIZ – BUYUKLAR AVLODI (11 soat)
12-mavzu. Amir Temur. Amir Temur o‘gitlari. Muhammad Ali (1 soat). Amir Temur amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari. Amir Temur tayangan “Kuch – adolatda” so‘zining ma’nosi. Do‘stlik, aql va adolat haqidagi o‘gitlar va ularning ma’nolari. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish.
13-mavzu. G‘azal mulkining sultoni (1 soat). Alisher Navoiy shoir, olim va davlat arbobi bo‘lganligi. Uning hikmatli so‘zlari va ularning ma’nolari. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish.
14-mavzu. Alisherning yoshligi. Oybek (1 soat). Alisherning yoshligi. Uning va do‘stining jonivorlarga munosabati. Alisherning maktabga bergan bahosi. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish. Mavzuga doir maqol va topishmoqlar.
15-mavzu. Non isi.Rivoyat (1 soat). Rivoyatlar haqida qisqacha ma’lumot. Alisher Navoiyning topqirligi va bilimdonligi. Do‘stlik, ilm o‘rganish va donishmandlikning ahamiyati. Non – eng aziz ne’mat ekanligi. Ongli va ifodali o‘qish. Donishmandlik va ilm haqida maqollar.
16-mavzu. Abu Ali ibn Sino (1 soat). Ajdodlarimizning dunyo ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasi. Ibn Sino tibbiyot ilmining asoschisi sifatida tanilganligi va Abu Ali ibn Sino o‘gitlari. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish . Mavzuga doir maqol va topishmoqlar.
17-mavzu. Kitobga mehr. Mirkarim Osim (1 soat). Husaynning kitobga mehri. Insonning ilmga intilishi va kitobning ahamiyati. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish. Kitob haqidagi topishmoq va maqollar.
18-mavzu. Buyuk munajjim (1 soat). Mirzo Ulug‘bek olim va podshoh. Podshohlik davridagi qilgan savob ishlari. Rasadxona. Mirzo Ulug‘bek – buyuk munajjim. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish. Sinfdan tashqari o‘qish (20 daq.).