2-mavzu. Buyuklar vatani. Qutlibeka Rahimboyeva (1 soat). O‘zbekiston ulug‘ odamlar yurti ekanligi. Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiylarning yurt uchun qilgan ishlari. Ilm-fan rivojiga bo‘lgan qiziqishi. O‘quvchilarning ongli, to‘g‘ri, tez o‘qish. Mavzuga doir maqollarni o‘rganish.
3-mavzu. Yurt qalqonlari.Dilshod Rajab (1 soat). “Vatan himoyachilari” kuni haqida ma’lumot. O‘zbekiston armiyasi, Vatan oldidagi xizmatlari. Harbiy xizmatning ahamiyati.
4-mavzu. Ota rozi – Vatan rozi. Eson Rahimov (1 soat). Yaxshi farzand el-yurtiga sodiq bo‘lishi. Farzandlarning Vatan, oila oldidagi burchlari. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish. Sinfdan tashqari o‘qish (20 daq.).
5-mavzu. Suv shifo.Erkin Malik (1 soat). Shaharlardagi suv havzalari. Ularning sog‘liq uchun foydali tomonlari. Ongli, to‘g‘ri, ifodali va tez o‘qish.
6-mavzu. Qish. Tursunboy Adashboyev (1 soat). She’rda qish faslining tasvirlanishi. Uning jozibadorligi. She’rni ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish. Maqol, topishmoq va tez aytishlar.
7-mavzu. Oy allasi.Odil Abdurahmon (1 soat). Oyning yulduzlarga nasihati, Oy, Quyosh va yulduzlarning kimlarga o‘xshatilishi. She’rni to‘g‘ri, ongli va ifodali o‘qish.
8-mavzu. Shamol va quyosh. Ezop (1 soat). Hikoyadagi qahramonlarning fazilatlari – zo‘ravonlik va oliyjanoblik, maqtanchoqlik va kamtarinlik kabi xislatlar. Ongli, to‘g‘ri, tez o‘qish. Sinfdan tashqari o‘qish (20 daq.).
9-mavzu. Vatan.Miraziz A’zam (1 soat). She’rda vatan madhi. Vatan haqida o‘quvchilar tasavvuri. She’rni ongli, to‘g‘ri, tez va ifodali o‘qish.
10-mavzu. Yagonadir Vataning sening. Xurshid Davron (1 soat). Vatanning mo‘tabarligi. Vatanga muhabbat. Vatan oldidagi burch kabi insoniy fazilatlar. Ongli, to‘g‘ri o‘qish. Mavzuga doir maqol va topishmoqlar.