58-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). 59-mavzu. Vatan – mehr qo‘rg‘oni. Iskandar Rahmon (1 soat). 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni. Vatan, vatanparvarlik va Vatanni qo‘riqlash tushunchalari mazmuni. Vatan posboni – mard yigitlar ekanligi. Vatanni asrash haqidagi maqol va tez aytishlar. She’rni ongli va ifodali o‘qish.
60-mavzu. Bo‘lim yuzasidan takrorlash (1 soat). “Kumush qish – misoli oqqush” bo‘limi yuzasidan o‘quvchilar bilimini tekshirish, takrorlash va umumlashtirish. Topshiriqlarni bajarish va boshqotirmani hal etish orqali o‘quvchilar bilimini mustahkamlash.
A1+ Mavzu. Qor bosgan dala.Dilshod Rajab (1 soat). Tabiat hodisalari hayotiy voqealar bilan qiyoslanadi, qishda qor hamma joyda bir tekis yog‘ib yerdagi baland-past joylarni yopgani kabi hayotda yarqirab ko‘ringan ba’zi holatlar aldamchi bo‘lishi, ularga ergashish esa inson hayotini yo‘ldan chiqarishi haqida ota-ona suhbati. Matnni to‘g‘ri, ifodali va tez o‘qish.
Mavzu. Eng qiziq o‘yin.Habib Po‘latov(1 soat). Inson hayotida yaxshilik qilishning ahamiyati, hatto zerikkanda o‘ynaladigan o‘yinlar orqali ham kimlargadir yordam qilish, o‘yinning yaxshilikka xizmat qilishi. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish.
VI bo‘lim. OTALAR SO‘ZI – AQLNING KO‘ZI (14 soat, A1+: 6 soat )
61-mavzu. Tilingni avayla – omondir boshing. Yusuf Xos Hojib (1 soat). Tilning inson boshiga keltiradigan yaxshiliklari va yomonliklari. Tilni avaylash haqida donolarning nasihatlari. Mavzuga doir tez aytish va topishmoqlar. Ongli, tez va ifodali o‘qish.
Nazorat ishi (1 soat). 62-mavzu. Ibn Sinoning bolaligi. Maqsud Qoriyev (1 soat). Ibn Sinoning bolaligi kechgan davr va oilasidagi muhit. Ilm olishga bo‘lgan intilishi. Kichkina Husaynning afshonalik shoir Umarxondan olgan olqishi va duosi. Mavzuga doir tez aytish va topishmoqlar. Ongli, tez va ifodali o‘qish.