O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi
Ona tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi — o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan — muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi: o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish; ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. Ona tili fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) bitiruvchilariga qo‘yilgan malaka talablari 1. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish): A1 Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi; matnni tushunib o‘qiy oladi; og‘zaki nutqda so‘z va gaplar talaffuziga rioya qila oladi; 65 — 70 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi; xabar, tasvir asosida 5-6 gapdan iborat matn yarata oladi, xatboshi va husnixatga amal qiladi; imlo va tinish belgilarini ishlatish qoidalariga amal qila oladi; do‘sti, ota-onasi, ustoziga tabriknoma yoki xat yoza oladi. A1+ sodda matnning asosiy mazmunini tushunadi va tushuntira oladi; matn mazmunini tushunib ifodali o‘qiy oladi; 70 — 75 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi; 7-8 gapdan iborat xabar yoki rasm asosida matn tuza oladi. 1. Lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyatga oid): A1 ona tilidagi nutq tovushlarini farqlay oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qila oladi; mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. A1+ so‘zlarning tovush tarkibini orfoepik jihatdan to‘g‘ri shakllantira oladi; gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini farqlay oladi va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay oladi. Yüklə 1,47 Mb. Dostları ilə paylaş: |