22-mavzu: Did bilan kiyinish odobi. (1 soat) O’quvchilar qalbi va ongiga odob-axloq qoidalari jumladan maktab, oila va to‘ylarda kiyinish odobi tushunchalarini shakllantirish.
23-mavzu: Qush uyasida ko‘rganini qiladi. (1 soat) “Katta karvon qayerdan yursa, kichigi ham o’sha yerdan yuradi”, “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” maqollarining mazmuni va mohiyati.
24-mavzu: Onajonlar, sizga ta’zim! (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan). (1 soat) O`quvchilarga aziz onajonlarimiz va opa-singillarimizga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish orqali ularni “Ayolga e’tibor – kelajakka e’tibor”, “Ayol baxtli bo’lsa, jamiyat ham baxtli bo’ladi” degan g’oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalash.
25-mavzu: Kim bo‘lsam ekan? (1 soat) O`quvchilarga orzu va orzusi bo’yicha tanlagan kasbining mohir ustasi bo’lib yetishishlarida, barcha orzularining ro`yobga chiqishida irodaning , mehnatning, harakatning va ustozlar o’gitining o`rni alohida ahamiyat kasb etishligini tushuntirish.
26-mavzu: O‘zbek milliy o‘yinlari (21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan). (1 soat) O`quvchilarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, milliy o’yinlarimiz va an’analarimizga hurmat tuyg’ularini kuchaytirish orqali ular ongiga mehr-oqibat, insoniylik, milliyligini yo`qotmaslik, boy, asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolish xislatlarini tarbiyalash.
27-mavzu: Amir Temur avlodlarimiz. (1 soat) O`quvchilarning buyuk davlat arbobi va jahongir lashkarboshi, Sohibqiron Amir Temurga bo`lgan cheksiz hurmatlarini yanada rivojlantirish hamda ular ongiga Amir Temur bobomiz faxrimiz-g`ururimiz ekanligini singdirish.
28-mavzu: Imtiyozli belgilar (Yo‘l harakati qoidalari) (1 soat) Yo'l belgilari va belgilaridan foydalanishi, transport vositasini boshqarish signallarini boshqarishi, turli transport vositalarining harakatlanish tartibini singdirish.