3-mavzu: Etiket qoidalari. (1 soat) O’quvchilar qalbi va ongiga odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish tuyg’ularini singdirish, ularni zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan himoya qilish, o’quvchilarda ichkilikbozlik, giyohvandlik va «ommaviy madaniyat» kabi bizga yot illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish.
4-mavzu: Sizni sharaflaymiz, aziz ustozlar (1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan). (1 soat) O`quvchilar qalbiga o`qituvchi va murabbiylarga hurmat tuyg`usini singdirish, ularga ustozlarning ulug`ligini va ularga doimo ehtirom ko`rsatish lozimligini uqtirish.
5-mavzu: Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish. (1 soat) Favqulodda vaziyatlarda to’g’ri harakat qilish qoidalari.
6-mavzu: Yo‘lning qatnov qismidagi belgilar (Yo‘l harakati qoidalari). (1 soat) Yo’l belgilari haqida suhbatlar. Rasmlar orqali.
7-mavzu: Tanishish odobi? (1 soat) Notanish odamlar bilan muloqotga kirishmaslik lozimligi, eng avvalo ustozi yoki ota-onasiga xabar berishlari lozimligini uqtirish.
8-mavzu: Til – dil ko‘zgusi (O‘z. Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat) O`quvchilarga Ona tili — bu millatning ruhi, til – dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni uqtirib, Davlat tiliga bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda o’quvchilar qalbi va ongiga boshqa millat va elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish.
9-mavzu: Transport vositalaridagi raqam, ogohlantiruvchi belgilar va yozuvlar. (Yo‘l harakati qoidalari). (1 soat) Transport vositalaridagi raqam, ogohlantiruvchi belgilar va yozuvlar to’g’risida tuhuncha berish.
10-mavzu: Oltin kuz ne’matlari. (1 soat) Vatanimda oltin kuz. Kuz ne’matlari haqida tushunchalar hosil qilish