5-mavzu: Gaz va elektr manbaini tejash. (1 soat)
Gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi milliy boyligimiz. O`quvchilarni tejamkorlikka o`rgatish, ularga ortiqcha isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslikni uqtirish orqali o’quvchilarning iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy ongini, iqtisodiy fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik darajasini oshirish.
6-mavzu: Bir og‘iz shirin so‘z (filologiya fanlari oyligi doirasida). Jamoat joylarida telefondan foydalanish. (1 soat)
Shirin so’z - dardga davo. Muloqot madaniyati va jamoat joylarida telefondan foydalanish qoidalari.
7-mavzu: Ko‘cha va yo‘llarning qatnov qismidagi chiziqlar (Yo‘l harakati qoidalari).
Ko’chada va jamoat joylarida o’quvchi o’zini qanday tutishi lozimligi haqida axloqiy sifatini hamda svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorug’lik ishoralari ko`nikmalarini shakllantirish
8-mavzu: Ona tilim – mening iftixorim! (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat)
O`quvchilarga Ona tili — bu millatning ruhi, til – dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni uqtirib, Davlat tiliga bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda o’quvchilar qalbi va ongiga boshqa millat va elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish.
9-mavzu: Velosipedda harakatlanish (Yo‘l harakati qoidalari).
Ko’chada va jamoat joylarida o’quvchi o’zini qanday tutishi lozimligi haqida axloqiy sifatini hamda svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorug’lik ishoralari ko`nikmalarini shakllantirish
10-mavzu: Bag‘rikenglik. (1 soat)
O’zbekiston bag’rikengo’lka ekanligi, sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirganligi, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning diniy bag’rikenglik va millatlararo hamjihatlik haqida aytgan fikrlari.
11-mavzu: Davlatimiz bayrog‘i (18 noyabr - O‘z. Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat)
O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish,O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini yuksaklarga ko`tarishda ularning o’rni kattaligini uqtirish, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i o`zga yurtlarda ko`tarilganda g`urur va iftixor tuyg`usini oshirishini singdirish.
Dostları ilə paylaş: |