15-mavzu: Temperament tuzilmasini aniqlash. Temperament haqida tushuncha.Temperament xususiyatlari.Temperament tuzilmasini aniqlash.
16-mavzu: Maktab o‘quvchilari jinoyatchilikka yo‘l qo‘ymaydi. (1soat) Maktab o‘quvchilari o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish va uni oldini olish. Tartib intizom va va ma’suliyatni kuchaytirish
17-mavzu: Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan). (1 soat) O‘quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‘zlarining ham shaxsiy burchlari va mas’uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo`lish, Milliy armiyamiz haqida ma’lumotlarga ega bo`lish, Vatan muammolarini o‘zinikidek qabul qilish, Vatan yukini o‘z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘ayish xislatlarini tarbiyalash.
18-mavzu: Kitob ma’rifat chirog‘i. (1 soat) O‘quvchilarga kitob-millatning madaniy va ma’naviy merosi ekanligi haqida tushuncha berish. O‘quvchilarning kitobga qiziqishini oshirish va ularda mutoala madaniyatini shakllantirish
19-mavzu:Qon ketishda birinchi yordam ko‘rsatish. (1 soat amaliy mashg‘ulot) Qon ketish turlari: tashqi va ichki qon ketish. Qon ketishda birinchi yordam ko‘rsatish qoidalari. Arteriya va venos qon tomirlaridan qon ketganda yordam ko‘rsatish.
20-mavzu: Buyuk siymolarni yod etib (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan).
(1 soat) O`quvchilarda avliyolar avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlar sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bo’lgan hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg'u’larini singdirish. SHuningdek, ularda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga ona Vatanga mehr-muhabbat, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag’rikenglik g’oyalarini singdirish.