28-mavzu: Velosiped va aravalar harakatlanishiga doir talablar (Yo‘l harakati qoidalari). (1 soat) AKT, yo’l harakati qoidalariga oid ko‘rgazmalar, rasmlar
29-mavzu: Vatanni sevmoq iymondandir (Xotira va qadrlash kuni oldidan). (1 soat) O`quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg’ularini singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda ajdodlarga munosib voris bo’lish xislatlarini tarbiyalash.
30-mavzu: Ijobiy fikrlash va salbiy his-tuyg‘ularni boshqarish bilim-ko‘nikmalari Tushkunlikka tushgan, past bahoga o‘qiyotgan va do‘stlaridan chetda qolgan o‘quvchilarni sog‘lom fikrlash va his tuyg‘ularni boshqarishga o‘rgatadi. (Maktab psixologi bilan hamkorlikda o’tkaziladi)
31-mavzu: Til – dil kaliti (Xorijiy tillar fanlari oyligi doirasida). (1 soat) Fan o’qituvchilari bilan birgalikda fan oyligini yuqori saviyada tashkil etish.
32-mavzu: Kitob eng yaxshi do‘st. (1 soat) Kitobdan yaxshiroq do’st yo’q jahonda. O`quvchilarda kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni o’rgatuvchi murabbiy ekanligi haqida tushunchalar hosil qilish orqali ularning qalbi va ongiga kitob o’qishga bo’lgan munosabat, kitobni asrab-avaylash va kitobga mehr-muhabbat tuyg`ularini singdirish.
33-mavzu:Sinf o‘quvchilari ikki guruhga ajratilib, “Yo‘l qoidasi-umr foydasi” nomli musobaqa o‘tkazishni tashkillashtirish.(1soat amaliy mashg‘ulot) Sinf o‘quvchilari guruhga ajratilib, “o‘l qoidasi umr-foydasi” nomli musobaqa o‘tkaziladi. 1-turida yo‘l harakati bo‘yicha savol-javob, 2-turiga chorrahalarning chizmasi, 3-turiga yo‘l belgilarining bilish darajasini aniqlash. 4-turiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari. G‘olib jamoa mukofotlanadi.
34-mavzu: Psixologik madaniyat va psixologik salomatlik bilim-ko‘nikmalari Sinfda qolaversa butun maktabda psixologik madaniyatni shakllantirish hamda psixologik salomatlik bilim-ko‘nikmalarini oshiradi. (Maktab psixologi bilan hamkorlikda o’tkaziladi)