O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumta’lim maktablarida


-mavzu: Davlatimiz ramzlari – shonu-shavkatimiz! (1 soat)



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə54/65
tarix09.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#109932
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   65
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’li

14-mavzu: Davlatimiz ramzlari – shonu-shavkatimiz! (1 soat)
O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish, ular ongiga O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi, hurmat qilishi, mazmunini anglashi, davlat madhiyasi matni va musiqasi mualliflarini bilishi lozimligini singdirish. SHuningdek, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini yuksaklarga ko`tarishda ularning o’rni kattaligini uqtirish, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i o`zga yurtlarda ko`tarilganda g`urur va iftixor tuyg`usini oshirishini singdirish.


15-mavzu: Kelajak buyuk ma’naviyat egalari qo‘lidadir. (MIG‘ fani oyligi doirasida). (1 soat)
O`quvchilarning vatanimiz hududidan yetishib chiqqan buyuk allomalar ma’naviy merosini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytirish orqali ularda mehr-oqibatlilik, insoniylik, vatanparvarlik, rostgo’ylik, halollik, ilmlilik, or-nomuslilik, samimiylik, ajdodlar merosiga hurmat va sadoqatlilik fazilatlarini tarbiyalash.
Ma’naviy jasorat. Hayotimizdagi bugungi imkoniyatlar qanday paydo bo`lganligi, sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirganligi, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning buyuk ma’naviy jasorati va o’tmishni unutmaslik haqida aytgan fikrlari, buyuk vatandoshlarimizning ma’naviy jasoratlari ibrat namunasi ekanligi.


16-mavzu: Yangi yil tilaklarim sizga, do‘stlar! (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan). (1 soat)
O`quvchilarda yangi yil bayramida ezgu orzular bilan yangi yilga qadam qo’yish, maktabning odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish, yangi yilda tashkil etilgan bayram tadbirlarida namunali ishtirok etish xislatlarini tarbiyalash hamda o’quvchilar ongiga yangi yilda inson qalbi ham qor kabi oppoq bo`lishi lozimligini singdirish.


17-mavzu: Vatan – sajdagoh kabi muqaddasdir (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan). (1 soat)
O‘quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‘zlarining ham shaxsiy burchlari va mas’uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo`lish, Milliy armiyamiz haqida ma’lumotlarga ega bo`lish, Vatan muammolarini o‘zinikidek qabul qilish, Vatan yukini o‘z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘ayish xislatlarini tarbiyalash.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin