O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumta’lim maktablarida


-mavzu: Kitob ma’rifat chirog‘i. (1 soat)



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə55/65
tarix09.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#109932
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   65
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’li

18-mavzu: Kitob ma’rifat chirog‘i. (1 soat)

O‘quvchilarga kitob-millatning madaniy va ma’naviy merosi ekanligi haqida tushuncha berish. O‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularda mutoala madaniyatini shakllantirish


19-mavzu: Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotining kushandasi. (1 soat)
O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunining mazmuni va mohiyati. O`quvchilarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish, ularni o’rganish va amal qilish tuyg’ularini tarbiyalash hamda ular ongiga “jinoyat jazosiz qolmaydi, har kim qilmishiga yarasha javobgarlikka tortiladi” degan qoidani singdirish orqali ularda korrupsiyaga murosasiz munosabatda bo’lish va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish.


20-mavzu: Buyuklarni yod etib (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan). (2 soat)
O`quvchilarda avliyolar avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlar sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bo’lgan hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg'u’larini singdirish. SHuningdek, ularda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga ona Vatanga mehr-muhabbat, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag’rikenglik g’oyalarini singdirish.


21-mavzu: Fan-texnika taraqqiyoti va biz(matematika, informatika fanlari oyligi doirasida). (1 soat)
Fan o’qituvchilari bilan birgalikda fan oyligini yuqori saviyada tashkil etish.


22-mavzu: Oilaviy qadriyatlar psixologiyasi (1 soat)
Milliy urf-odatlar bilan yog‘rilgan oila mustahkamligi, oilada bunyodkor shaxslararo munosabatlarni shakllantiruvchi asoslarni o’rgatish. (Maktab psixologi bilan hamkorlikda o’tkaziladi)


23-mavzu: Tabiiy fanlarni o‘rganamiz (kimyo, biologiya fanlari oyligi doirasida).
(1 soat)

O‘quvchilar ongida atrof-muhitga, olam va odamga, hayvonot va o‘simlik dunyosiga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo’lish, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, atmosfera va atrof-muhit tozaligini asrash, tarixiy va tabiiy boyliklarni asrash tuyg’ularini shakllantirish.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin