Kommunikativ kompetensiya: A1 o‘quvchi biologik tushunchaga ega bo‘lishi, tushunchalarning mohiyatini anglashi, ularni yangi vaziyatlarda imkoniyat darajasida o‘z ona tilida hamda birorta xorijiy tilda dastlabki tushunchalarni ishlata olishi.
A1+ Kichik guruhlar bilan ishlash jarayonida guruh a’zolarining javoblarini tinglay olish va o‘z javobini mantiqan bayon qilish.
A2 mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan o‘quv topshiriqlari va o‘qituvchining savollariga yozma va og‘zaki javob berishda ta’lim olayotgan til me’yorlariga rioya qilish; kichik guruhlar bilan ishlash jarayonida faol ishtirok etish.
o‘zi yashab turgan hududdagi hayvonlarni taniy olish, ularning nomlarini va yozilishini bilish.
A2+ maktab, mahalla, jamoat joylari, oilada, sinfda o‘rtoqlari bilan ma’naviy-ahloqiy me’yorlarga amalga qilgan holda muloqotga kirishish;
hayvonlar haqidagi ma’lumotlarni o‘z o‘rtog‘iga va o‘qituvchisiga tushuntira olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A1 o‘quvchi biologiya fanining yangiliklari, rivojlanishi bo‘yicha respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni ilmiy-ommabop materiallardan foydalanib, zarur ma’lumotlarni izlab topa olishi.
A1+ mediamanbalardan izlab topilgan ma’lumotlarni saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish.
A2 darslikning kirish qismida berilgan ko‘rsatmalar asosida o‘rganilgan mavzu matniga reja tuza olish;
matndan foydalanib savollarga javob topish, amaliy xarakterdagi topshiriqlarni bajara olish;
hayvonot dunyosi haqidagi ma’lumotlarni qaysi axborot vositalaridan olishni bilish, ulardan foydalana olish, hayvonot olami haqidagi ma’lumotlarni ajrata olish.
A2+ jadval, diagramma, sxemalar tuza olish, tushuncha, qoidalarni topa olish;
o‘rganilgan obyektlarning qiyosiy tavsifini tuzish, xulosa yasash;
mediavositalaridan hayvonot olami haqidagi ma’lumotlar va axborotlarni izlab topa olish.