O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari: Kommunikativ kompetensiya: A1 o‘quvchi biologik tushunchaga ega bo‘lishi, tushunchalarning mohiyatini anglashi, ularni yangi vaziyatlarda imkoniyat darajasida o‘z ona tilida hamda birorta xorijiy tilda dastlabki tushunchalarini ishlata olishi.
A1+ kichik guruhlar bilan ishlash jarayonida guruh a’zolarining javoblarini tinglay olish va o‘z javobini mantiqan bayon qilish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A1 o‘quvchi biologiya fanining yangiliklari, rivojlanishi bo‘yicha respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni ilmiy-ommabop materiallardan foydalanib, zarur ma’lumotlarni izlab topa olishi.
A1+ ma’lumotlarni saralashi va qayta ishlashi, ulardan foydalana olishi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘quvchi biologiya fanining yangiliklari, rivojlanishi bo‘yicha respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar, tirik organizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari, organizmlarning hujayraviy tuzilishini mustaqil o‘rganish.
A1+ o‘zini o‘zi ma’naviy, ruhiy va intellektual rivojlantirishi, hayot davomida mustaqil holda o‘qib-o‘rganishi, bilim va tajribani muntazam oshirib borish.