-mavzu: Gulli o‘simliklar bilan umumiy tanishuv. (1 soat, A2+: 2 soat)
səhifə 18/70 tarix 17.06.2023 ölçüsü 0,94 Mb. #131796
umumiy-orta-talimning-biologiya-fanidan
2-mavzu: Gulli o‘simliklar bilan umumiy tanishuv. (1 soat, A2+: 2 soat)
Gulli o‘simliklar bilan umumiy tanishuv. O‘simliklarning yashash muhiti. O‘simliklarning vegetativ va generativ organlari.
3-mavzu: O‘simliklarning hayotiy shakllari. (1 soat, A2+: 2 soat)
O‘simliklarning hayotiy shakllari: daraxt, buta, yarim buta , ko‘p yillik, ikki yillik , bir yillik o‘t.
2-BOB. HUJAYRA – HAYOTNING ASOSI
(3 soat, A2+: 6 soat)
4-mavzu: O‘simlikning hujayraviy tuzilishi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Hujayra o‘simliklarning tuzilish birligi. O‘simlik hujayrasining tuzilishi: hujayra qobig‘i, sitoplazma , yadro, plastidalar, vakuol. Hujayraning kimyoviy tarkibi.
5-mavzu: Hujayraning hayotiy faoliyati. (1 soat, A2+: 2 soat)
Hujayra – tirik organizm. O‘simlik hujayrasining o‘ziga xos xususiyatlari. O‘simlik hujayrasining hayotiy faoliyati , hujayrada kechadigan jarayonlar. Hujayraning bo‘linishi.
6-mavzu: O‘simlik to‘qimalari. (1 soat, A2+: 2 soat)
O‘simlik to‘qimalari haqida tushuncha. O‘simlik to‘qimalarning turlari, tuzilishi , vazifalari.
Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar: O‘simliklar hayotiy shakllari , o‘simlik hujayralari , to‘qimalari tasvirlangan plakatlar. Sinf xonasidagi hujayra ko‘rgazmasi. Hujayralar tasvirlangan ko‘rgazmali proeksion slaydlar.
3-BOB. GULLI O‘SIMLIKLARNING VEGETATIV VA GENERATIV ORGANLARI
(24 soat; shundan: ildiz - 4 soat; novda - 11 soat; gul va meva - 9 soat, A2+: 38 soat)
7-mavzu: Ildiz turlari va tizimlari. (1 soat, A2+: 1 soat)
Ildiz. Ildizning funksiyalari. Ildiz turlari: asosiy, yon, qo‘shimcha ildizlar. Ildizning tashqi tuzilishi. Ildiz tizimlari turlari.
8-mavzu: Ildizning ichki tuzilishi. (1 soat, A2+: 1 soat)
Ildizning hujayraviy tuzilishi. Ildiz qinchasi. Ildiz zonalari: bo‘linuvchi, o‘suvchi, so‘ruvchi, o‘tkazuvchi zonalarning tuzilishi. Ildizning o‘sishi. Ildiz tizimining shakllanishi.
Dostları ilə paylaş: