O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning biologiya fanidan davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi toshkent-2017


O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə17/70
tarix17.06.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#131796
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70
umumiy-orta-talimning-biologiya-fanidan

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A2
biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda faol ishtirok etish.
A2+
“Yosh biologlar” to‘garagi mashg‘ulotlari, ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etish;
badiiy adabiyotlarni mutoala qilish orqali barkamollikka intilish.


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2
tabiat muhofazasiga oid kechalar, ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari, biolog olimlar bilan uchrashuvlarda faol ishtirok etish.
A2+
tabiat muhofazasiga oid kechalarda ma'ruzalar bilan ishtirok etish.


Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2
biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ta’lim va tarbiyaning uzviyligiga, estetik va axloqiy tarbiyaga e’tibor qaratish.
A2+
tabiatdagi o‘simliklarni muhofaza qilish tadbirlarida faol ishtirok etish.


Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklari­dan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A2
o‘simliklarning tuzilishi, o‘g‘itlash va olinadigan hosilni aniqlashga doir biologik masalalarni yechish.
A2+
o‘simliklarning tuzilishi, o‘g‘itlash va olinadigan hosilni aniqlashga doir biologik masalalarni yechish va unumdorlikni orttirish yo‘llarini aniqlash.
1-BOB. O‘SIMLIKLAR BILAN UMUMIY TANISHUV
(3 soat, A2+:5 soat)


1-mavzu: Kirish. Botanika - o‘simliklar haqidagi fan. (1 soat, A2+: 1 soat)
Botanika - o‘simliklar haqidagi fan. Botanika - o‘simliklarning hayoti, tashqi va ichki tuzilishi, taraqqiy etishi, tarqalishi, muhit bilan bog‘liqligi, xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, o‘simliklardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish usullarini hamda insonlar hayotidagi va tabiatdagi rolini o‘rgatuvchi fan. Botanikaning asosiy bo‘limlari. O‘simliklar dunyosi haqida tushuncha. O‘simlik – tirik organizm. O‘simliklarga xos xususiyatlar. O‘simliklarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati. O‘simliklarni o‘rganish tarixi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin