O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Biologik obyekt, hodisa, jarayonlarni tushunish, tanish, izohlash kompetensiyasi: A1 o‘quvchi biologiya fanining ilmiy amaliy soha ekanligini, uning inson va tabiatdagi ahamiyatini anglaydi, organizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi bilimlarni o‘zlashtirgan bo‘ladi. Tirik organizmlarning o‘xshashlik va farqlarini, tabiatda va inson hayotidagi ijobiy va salbiy ahamiyatini izohlay oladi.
A1+ Ekologik muammolar, maxsus muhofazaga olingan hududlarni izohlay oladi.
Biologik obyekt, hodisa, jarayonlar ustida kuzatish va tajribalarni o‘tkazish kompetensiyasi: A1 tirik organizmda boradigan hayotiy jarayonlarni va ularning xususiyatlarini tushunish, hodisa, jarayonlar ustida kuzatish va tajribalar o‘tkaza olishi, hujayraviy tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar ustida kuzatish va tajribalar o‘tkaza oladi;
biologik obyektlarning foydali va zaharli turlarini, madaniy va yovvoyi xillarini taniy oladi;
A1+ tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqadorligi, inson faoliyatining ijobiy va salbiy tasirining oqibatlari, ko‘kalamzorlashtirish va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini qo‘llay olish, favqulodda holatlarda ehtiyotkorlik chora tadbirlarini qo‘llay oladi.
Sog‘lom turmush tarzi va ekologik kompetensiya: A1 tirik organizmlarning inson hayotidagi ahamiyatini anglab yetish, ularni muhofaza qilishni biladi;
shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qiladi.
A1+ mikroorganizmlarning tabiatda va inson hayotidagi ijobiy hamda salbiy tomonlarini o‘rganish va ularning salbiy tomonlarini anglab yetishi, ulardan saqlanish yo‘llarini biladi.
O‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiya elementlari: Kommunikativ kompetensiya: A1 o‘quvchi biologik tushunchaga ega bo‘lib, tushunchalarning mohiyatini anglaydi, ularni yangi vaziyatlarda imkoniyat darajasida o‘z ona tilida hamda birorta xorijiy tilda dastlabki tushunchalarini ishlata oladi.
A1+ Tirik organizmlarning xilma-xilligini biladi, ularga xos belgilarni tasavvur qila oladi, organizmlarga xos belgilarni qiyoslay oladi.