Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: A1 kattalashtirib ko‘rsatuvchi asboblar va buyumlarni necha marta kattalashtirishini hisoblay oladi, mikroskoplar bilan ishlashni biladi, fanga doir masala va mashqlarni mustaqil ravishda yecha oladi, standart va nostandart topshiriqlarni bajara oladi.
A1+ hisoblashga doir biologik masalalarni yecha oladi.
Mavzularni o‘rganish uchun – 28 soat, A1+: 58 soat. Laboratoriya mashg‘ulotlari uchun – 2 soat, A1+: 6 soat. Nazorat ishlari uchun – 4 soat. Jami - 34 soat, A1+: 68 soat. 6-SINF (68 soat, haftasiga 2 soat, A2+: 102 soat, haftasiga 3 soatdan)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari: Kommunikativ kompetensiya: A2 mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan o‘quv topshiriqlari va o‘qituvchining savollariga yozma va og‘zaki javob berishda ta’lim olayotgan til me’yorlariga rioya qilish;
kichik guruhlar bilan ishlash jarayonida faol ishtirok etish, his-hayajonga erk bermasdan guruh a’zolarining javoblarini tinglay olish, mushohada qilish va o‘z javobini mantiqan bayon qilish;
biologik atamalarning mazmun-mohiyati va inglizcha izohini ayta olish;
o‘rganilgan mavzu yuzasidan mantiqiy ketma-ketlikda savollar tuza olish;
A2+ maktab, mahalla, jamoat joylari, oilada, sinfda o‘rtoqlari bilan ma’naviy-ahloqiy me’yorlarga amal qilgan muloqotga kirishish, insoniyat, tabiat, o‘simlik va hayvonot olamiga nisbatan insonparvarlashtirilgan munosabatni namoyon qilish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A2 darslikning kirish qismida berilgan ko‘rsatmalar asosida o‘rganilgan mavzu matniga reja tuza olish;
A2+ matndan foydalanib savollarga javob topish, amaliy xarakterdagi topshiriqlarni bajara olish, jadval, diagramma, sxemalar tuza olish, tushuncha, qoidalarni topa olish;
o‘rganilgan obyektlarning qiyosiy tavsifini tuzish, xulosa yasash.