O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning biologiya fanidan davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi toshkent-2017


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə15/70
tarix17.06.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#131796
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70
umumiy-orta-talimning-biologiya-fanidan

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A1
o‘quvchi biologiya fanining yangiliklari, rivojlanishi bo‘yicha respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni ilmiy-ommabop materiallardan foydalanib, zarur ma’lumotlarni izlab topa oladi, ularni saralab, qayta ishlab, ulardan foydalana oladi.
A1+
biologiya fanidan zarur ma’lumotlarni internet sahifalari, vaqtli matbuotdan izlab topa oladi va ularni saralab foydalana oladi.


O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A1
o‘quvchi biologiya fanining yangiliklari, rivojlanishi bo‘yicha respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar, tirik organizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari, organizmlarning hujayraviy tuzilishini mustaqil o‘rganish natijasida o‘zini-o‘zi ma’naviy, ruhiy va intellektual rivojlantirishi, hayoti davomida mustaqil holda o‘qib-o‘rganishni biladi.
A1+
biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda, “Yosh biologlar” to‘garagi mashg‘ulotlari, ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etadi.


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A1
o‘quvchi biologiya fanining ilmiy-amaliy soha ekanligini, uning inson va tabiatdagi ahamiyatini biladi, biologiya fani o‘rganadigan obyekt, hodisa, jarayonlarni, tirik organizmlar ustida kuzatish va tajribalar olib borishni o‘rganib, ularda ishtirok etadi, tirik organizmlarning o‘ziga xos jihatlarini biladi, ularning salbiy tomonlarini o‘zidan kichik bo‘lgan yoshlarga o‘rgata oladi.
A1+
biologiya fani o‘rganadigan obyekt, hodisa, jarayonlarni, tirik organizmlar ustida kuzatish va tajribalar olib borishni o‘rganib, ularda faol ishtirok etadi.


Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A1
o‘quvchi tabiatdagi tirik mavjudotlarni muhofaza qilish tadbirlarida faol ishtirok eta oladi.
A1+
biologiya fanining rivojlanishiga hissa qo‘shgan, ilmiy tadqiqotlar olib borgan o‘zbek olimlari haqida ma’lumotlarni biladi.



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin