Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A1 o‘quvchi biologiya fanining ilmiy-amaliy soha ekanligini, uning inson va tabiatdagi ahamiyatini anglashi, biologiya fani o‘rganadigan obyekt, hodisa, jarayonlarni, tirik organizmlar ustida kuzatish va tajribalar olib borishni o‘rganishi va ularda faol ishtirok etishi.
A1+ tirik organizmlarning o‘ziga xos jihatlarini bilishi, ularning salbiy tomonlarini o‘zidan kichik bo‘lgan yoshlarga o‘rgatish jarayonida faol ishtirok etishi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: A1 o‘quvchi tabiatdagi tirik mavjudotlarni muhofaza qilish tadbirlarida faol ishtirok etishi.
A1+ ilmiy tadqiqot olib borgan o‘zbek olimlari haqida dastlabki ma’lumotlarni bilish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: A1 o‘quvchi kattalashtirib ko‘rsatuvchi asboblar va buyumlarni necha marta kattalashtirishini hisoblay olishi, mikroskoplar bilan ishlay olish qobiliyatlarini rivojlantirgan bo‘lishi.
A1+ fanga doir masala va mashqlarni mustaqil ravishda yecha olishi, standart topshiriqlarni bajara olish.
1-mavzu: Kirish. (1 soat, A1+: 2 soat) Biologiya fan sifatida. Biologiya fanining ilmiy-amaliy soha ekanligini, uning inson va tabiatdagi ahamiyatini anglash, biologiya fani o‘rganadigan obyekt, hodisa, jarayonlarni o‘rganish.
2-3-mavzu: Biologiya fanining inson hayotidagi ahamiyati. (2 soat, A1+: 4 soat) Biologiyaning inson amaliy faoliyatida tutgan o‘rni. Biologiya fanining yangiliklari. Biologiya fanining rivojlanishi bo‘yicha respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar.
4-5-mavzu: Tirik organizmlarning xususiyatlari. (2 soat, A1+: 4 soat) Tirik organizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari. Tirik organizmlarda boradigan tiriklik belgilari va ularning xususiyatlari.