O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning biologiya fanidan davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi toshkent-2017


Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 1 soat)



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə19/70
tarix17.06.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#131796
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   70
umumiy-orta-talimning-biologiya-fanidan

Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 1 soat)
9-mavzu: Shakli o‘zgargan ildizlar. (1 soat (A2+: 2 soat))
Ildizmeva, tayanch ildizlar, havo ildizlari.
Laboratoriya mashg‘uloti: Ildiz turlari va ildizning tuzilishini o‘rganish.
10-mavzu: Novda. Novdalarning xilma -xilligi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Novda. Novdaning tuzilishi. Bo‘g‘im, bo‘g‘im oralig‘i. Novdalarning ichki tuzilishiga ko‘ra turlari, uzun va kalta novdalar. Novdalarning fazoda joylashuvi bo‘yicha xilma-xilligi.
11-mavzu: Kurtak. (1 soat, A1+: 1 soat)
Kurtak – boshlang‘ich novda. Kurtakning novdada joylashuvi. Kurtaklarning turlari: uchki, yon, qo‘shimcha kurtaklar. Kurtaklarning xilma-xilligi: vegetativ va generativ kurtaklar. Tinim davridagi kurtak. Kurtakning tuzilishi.
12-mavzu: Poya. Poyaning ichki tuzilishi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Poyaning vazifalari. Poyaning ichki tuzilishi.
13-mavzu: Novda tizimining shakllanishi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Poyaning bo‘yiga o‘sishi. O‘sish konusi. Poyani chilpishning ahamiyati. Poyaning eniga o‘sishi. Tez va sekin o‘sadigan o‘simliklar.
Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar: Ildiz turlari, kurtakning tuzilishi, novdaning tuzilishi va novdalarning turlari, poyaning ichki tuzilishi, poyaning o‘sishi, poyani chilpish tasvirlangan plakat va ko‘rgazmali proeksion slaydlar, gerbariylar namunalari.
14-mavzu: Bargning tashqi tuzilishi. (1 soat, A1+ 2 soat)
Barg novdaning yon vegetativ organi. Bargning funksiyalari. Bargning tuzilishi. Bandli va bandsiz barglar. Barglarning tomirlanishi.
15-mavzu: Oddiy va murakkab barglar. Novdada barglarning joylashuvi. (1 soat, A2+: 1 soat)
Oddiy va murakkab barglar. Novdada barglarning joylashuvi. Barg mozaikasi.
Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 1 soat)
16-mavzu: Bargning ichki tuzilishi. Barg og‘izchalari (1 soat, A2+: 2 soat).
Bargning hujayraviy tuzilishi. Barg og‘izchalari.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin