Laboratoriya mashg‘uloti. (1 soat, A2+: 3 soat) Laboratoriya mashg‘uloti.Kurtaklarning tuzilishi va novdada joylashuvini o‘rganish.
Laboratoriya mashg‘uloti. Bargning tashqi tuzilishini o‘rganish (o‘rik, bug‘doy, akatsiya, atirgul, soxta kashtan kabi o‘simliklar misolida).
Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar:Bargning tashqi tuzilishi, oddiy va murakkab barglar, barglarning poyada joylashuvi, hujayraviy tuzilishi, kurtakning tuzilishi va novdada joylashuvi, generativ va vegetativ kurtaklar aks ettirilgan plakatlar va ko‘rgazmali proeksion qo‘llanmalar.
17-mavzu: Shakli o‘zgargan novdalar (1 soat, A2+: 1 soat). Shakli o‘zgargan novdalar. Shakli o‘zgargan yer usti novdalari. Shakli o‘zgargan yer osti novdalari. Bargning shakl o‘zgarishi.
18-mavzu: Gul – o‘simliklarning generativ ko‘payish organi. (1 soat, A2+: 2 soat) Gul – o‘simliklarning generativ ko‘payish organi. Gulning tuzilishi. Gulband, gulo‘rin, gulqo‘rg‘on, changchi, urug‘chining tuzilishi. Gul formulasi va diagrammasi.
19-20-mavzu: Gullarning xilma-xilligi. (2 soa, A2+: 4 soat) Gullarning xilma-xilligi. Bir jinsli va ikki jinsli gullar. Bir uyli va ikki uyli o‘simliklar. To‘g‘ri va qiyshiq gullar.
Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 1 soat) 21-mavzu: To‘pgullar. (1 soat, A2+: 2 soat) To‘pgullar va ularning ahamiyati. Oddiy va murakkab to‘pgullar.
Laboratoriya mashg‘uloti. (1 soat, A2+: 2 soat) Gul va to‘pgullarning tuzilishi bilan tanishish.
Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar: Gul mulyaji, gul, uning tuzilishi, gul formulalari va diagrammalari, xilma-xilligi, to‘pgullar, oddiy va murakkab to‘pgullar tasvirlangan plakat va ko‘rgazmali proeksion slaydlar. Gullar haqidagi o‘quv filmlari.
22-mavzu: Mevalar. (1 soat, A2+: 1 soat) Mevaning tuzilishi. Mevalarning klassifikatsiyasi. Mevalarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati.
Laboratoriya mashg‘uloti (1 soat, A2+: 2 soat) Mevalarning tuzilishi va xilma-xilligini o‘rganish.