O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ona tili adabiyot


-39-mavzu. Abdulla Qahhor. “O‘g‘ri”, “Dahshat” hikoyalari. (3 soat)



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə106/229
tarix26.08.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140592
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   229
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)

37-39-mavzu. Abdulla Qahhor. “O‘g‘ri”, “Dahshat” hikoyalari. (3 soat)
Adib haqida qisqacha ma’lumot. “O‘g‘ri” hikoyasida jabrdiyda chol Qobil
bobo va o‘zgalar baxtsizligini tirikchilik manbaiga aylantirgan amaldorlar obrazi.
Adibning tasvirlash mahorati, so‘z qo‘llash san’ati, inson ruhiyatining yashirin
jihatlarini ocha bilish iste’dodi.
“Dahshat” hikoyasida insonni yengish mumkin emasligining kurashchan ayol
- Unsin obrazi misolida g‘oyat ta’sirchan ko‘rsatilganligi. Hikoyada har bir obraz
tabiatining psixologik jihatdan asoslanganligi. Tasvirning hayotiy va ta’sirchanligi.
Mavzu: Hamid Olimjon. “Holbuki tun”, “G‘azal” she’rlari. (A2+: 2 soat)
Shoir haqida ma’lumot. “Holbuki tun” she’rida ilohiy go‘zallik tasviri.
Shoirning inson qalbi tebranishlarini nozik ilg‘ab, aniq ifodalagani.
“G‘azal”da an’anaviy she’riy shakldan foydalanilgan holda zamonaviy
mazmunning ifodalanishi. She’rda o‘xshatish, sifatlash, mubolag‘a singari badiiy
tasvir vositalarining ishlatilishi.
Mavzu: Maqsud Shayxzoda. “Yillarning salomin yillarga eltib” she’ri, 
to‘rtliklar. (A2+: 2 soat)
Shoir haqida qisqacha ma’lumot. M. Shayxzoda she’riyatida hayotga falsafiy
qarashning ustuvorligi. She’rda vaqt qadrini, uni chuqur his qilgan kishi
tuyg‘ularining aks etganligi. Asarda shoirning hayotga muhabbati, yashashga
chanqoqligi xislatlarining tasvirlanganligi. She’rning ta’sirchanligini ta’minlagan
badiiy vositalar.
To‘rtliklarda insonni avaylash, unga imkon boricha muruvvat ko‘rsatish
fikrlarining badiiy aks etganligi.

Nazorat ishi: Insho va uning tahlili.

(2 soat, A2+: 3 soat)



103
Nazorat ishi: Test. (1 soat)


Takrorlash: (1 soat)
Sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi: (1 soat, A2+: 2 soat). 


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   229




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin