100
Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon
qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish
):
A2
o‘rganilgan asarlar asosida yaratilgan audiomatn va videotasvirlarni tinglab,
ko‘rib tushuna oladi;
nasriy va she’riy asarlarni ifodali o‘qiy oladi;
ularning mazmun-mohiyatini tushuna oladi;
asar qahramonlariga tavsif, insho yoza oladi.
A2+
adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda turli mavzularda taassurot, referat
va ijodiy matn yoza oladi.
Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi:
A2
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyoti namunalarini
(nasriy, she’riy, dramatik asar yoki ulardan olingan parchani) farqlaydi,
o‘rganilgan asarlarni o‘qituvchi yordamida tahlil qila oladi;
asarda tasvirlangan voqea-hodisalar, qahramonlarning fazilat va nuqsonlariga
munosabat bildira oladi.
A2+
asar qahramonlari xarakteriga xos bo‘lgan fazilatlar va xislatlarga munosabat
bildiradi, baholay oladi, ularni hozirgi kun bilan qiyoslab xulosa chiqara oladi;
notiqlik san’atining mazmun-mohiyatini tushunadi va izohlay oladi.
Nazorat ishi: Insho va uning tahlili.
Dostları ilə paylaş: