107
A2
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga
intilishni ehtiyojga
aylantira olish;
badiiy asarlarda tasvirlangan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash
va ularga amal qilish;
badiiy kitoblarni muntazam o‘qish va o‘rganish, xulosa chiqarish, ibrat olish;
o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat
qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera olish.
A2+
badiiy, publitsistik, ilmiy,
ilmiy-ommabop, fan va texnika, san’at va
boshqalarga doir kitoblarni o‘qish, o‘rganish, va xulosa chiqarish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va
unda faol ishtirok etish;
maktabda va maktabdan tashqari adabiy-badiiy yo‘nalishdagi
tadbirlarda
(turli mavzudagi ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar va h.k.) faol ishtirok etish,
atrofdagi insonlar bilan xushmuomalada bo‘lish;
badiiy asarlarda xilma-xil shakl va ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladigan
qahramon va personajlarning insoniylik va boshqa
burch hamda huquqlarini
bajarishlaridagi o‘ziga xosliklar (halol, vijdonli, jonkuyar, loqayd...) ga qarab turib
xolis mulohaza yuritish.
A2+
badiiy asarlarda aks etgan insoniy fazilatlar, yuksak
badiiyat namunalarini
anglay olish, his etish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik,
insonparvarlik
g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik
va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
A2+
badiiy asarlarda aks etgan tarixiy, ma’naviy va madaniy hodisalar mohiyatini
to‘g‘ri tushunish va talqin qila olish.
Dostları ilə paylaş: