O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ona tili adabiyot


-42-mavzu. Muhammad Yusuf. “Vatanim”, “Mehr qolur”, “Yurtim



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə119/229
tarix26.08.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140592
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   229
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)

41-42-mavzu. Muhammad Yusuf. “Vatanim”, “Mehr qolur”, “Yurtim, 
ado bo‘lmas armonlaring bor” she’rlari. (2 soat, A2+: 4 soat)
Shoir hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
Muhammad Yusuf she’rlarida insondagi yashirin tuyg‘ularning samimiy
tasvirlanishi. His-tuyg‘ularning samimiyligi va haqqoniyligi Muhammad Yusuf
she’rlarining yetakchi fazilati sifatida. Shoir she’rlarida inson ko‘nglidan kechgan,
ifodalash mushkul bo‘lgan sezgilarning o‘ta tabiiy aks ettirilishi.
Muhammad Yusuf she’rlarining jozibadorligini ta’minlab turgan samimiylik,
musiqiylik va tasvir o‘ynoqiligi.

O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari, yod olishlari lozim bo‘lgan 
asarlar: 
G‘afur G‘ulom. “Vaqt”, “Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi” she’rlari.
“Jaloliddin Manguberdi” dramasi.
Usmon Nosir. “Yurak”, “Nil va Rim”, “Monolog” she’rlari.
Said Ahmad. “Ufq” romani.
Ozod Sharafiddinov.“O‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan” maqolasi.
To‘ra Sulaymon. She’rlar.
Shavkat Rahmon. She’rlar.
Muhammad Yusuf. She’rlar.

IV. JAHON ADABIYOTI 



114
(6 soat, A2+: 2 soat) 



43-44-mavzu. Fuzuliy. G‘azallar. (2 soat) 
Shoir haqida qisqacha ma’lumot. “Shifoyi vasl qadrin...”, “G‘amzasin
sevding, ko‘ngul”, “Qilmag‘il zinhor izhor ehtiyoj...” g‘azallarida ifodalangan
yuksak badiiy mahorat, ishq va oshiqlik tasviri. Ulardagi chuqur falsafiy fikrlar,
teran mushohada va lirik qahramon shaxsiyati talqini.
45-46-mavzu. Robindranat Thakur. “Suba” hikoyasi. (2 soat) 
Thakur hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
Hikoyada insoniy g‘ururdan mahrum etilgan, nafsiga qul kishilar bilan
sitamdiyda, biroq ezgu tuyg‘ular sohibi bo‘lgan odam o‘rtasidagi ziddiyatning
ifodalanishi. Asarda ezgulik va manfaatparastlik, insoniylik va e’tiqodsizlik
to‘qnashuvining turli xarakterlar misolida ko‘rsatilishi. Adibning tasvirlash
mahorati.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   229




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin