O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ona tili adabiyot


O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə127/229
tarix26.08.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140592
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   229
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)

O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: 

Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon
qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish): 
A2 
badiiy asarlar asosida yaratilgan audiomatn, videotasvirlarni tinglab
tushunadi, tegishli munosabat bildira oladi;
nasriy, she’riy asar namunalarini ifodali o‘qiydi va mazmun-mohiyatini
tushuna oladi;
adabiy, adabiy-ijodiy va erkin mavzulardagi insholarga xos xususiyatlarni
biladi va tegishli yo‘nalishda insho (6-7 sahifa) yoza oladi;



121
adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda turli mavzularda taassurot, referat


va ijodiy matn yoza oladi, unda xalq maqollari, matallari, hikmatli so‘z, badiiy,
publitsistik asarlardan o‘rinli foydalana oladi;
turli janrdagi adabiyotlarni mustaqil tanlab, mutolaa qiladi, undagi voqea-
hodisalar, obrazlar tizimiga munosabat bildira oladi.
A2+ 
asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyati va yozuvchi mahoratini baholay oladi;
adabiy janr imkoniyatlaridan kelib chiqadigan badiiy-estetik hodisalarga
mustaqil va ijodiy munosabat bildira oladi;
asarlarga annotatsiya hamda kichik xabar, lavhalar yoza oladi.

Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi: 
A2 
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyoti namunalari (nasriy,
she’riy asar yoki ulardan olingan parcha)ni farqlaydi va tahlil qila oladi;
badiiy tasvir vositalarini farqlay oladi, ularni berilgan matndan topadi va
tahlilda foydalana oladi;
asarda tasvirlangan insoniy his-tuyg‘ular xususida fikr yurita oladi;
badiiy asarda aks etgan voqelikni estetik tahlil qila oladi;
asar qahramonlari xarakteriga xos fazilat va nuqsonlarga munosabat bildiradi,
baholay oladi, ularni hozirgi kun bilan qiyoslab, xulosa chiqara oladi;
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyotiga oid asar va
uning qahramonlariga yozma hamda og‘zaki tavsif bera oladi;
musiqa yoki rangtasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qila oladi va so‘z
bilan ifodalab bera oladi.
A2+ 
asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyati va yozuvchi mahoratini baholay oladi;
adabiy janr imkoniyatlaridan kelib chiqadigan badiiy-estetik hodisalarga
mustaqil va ijodiy munosabat bildira oladi;
asarlarga annotatsiya taqriz hamda kichik xabar, lavhalar yoza oladi;
nutq ta’sirchanligiga daxl etuvchi omillarni tushuna oladi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   229




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin