120
“Farhod va Shirin” dostonining “Xamsa”da tutgan o‘rni. Dostonning obrazlar
tizimi. Farhod shoir ideali tajassumi sifatida. Komillik yo‘liga
kirgan inson
manzillari tasviri (2 soat).
Shirin obrazi. Unda ayollarga xos ma’naviy fazilatlar talqini (2 soat).
Dostondagi boshqa obrazlar. Dostonda yaxshilik va yomonlik, razolat va
adolat, butunlik va noqislik o‘rtasidagi ziddiyatning
jonli shaxslar timsollarida
ko‘rsatilishi. Doston qahramonlaridagi ma’naviy xususiyatlarga alohida urg‘u
berilgani (2 soat).
Farhod va Xusrav dialogi doston voqealarining kulminatsiyasi sifatida.
Dostonning badiiy xususiyatlari (1 soat).
Nazariy ma’lumot. Adabiyotda komil inson tasviri (1 soat).
17-23-mavzu. Zahiriddin Muhammad Bobur. Lirika. “Boburnoma”. (7
soat, A2+: 10 soat)
Hayoti va faoliyati haqida qisqacha ma’lumot. Ijodiy merosining badiiy
xususiyatlari. Shoirning she’riy ijodi. Shoir lirikasining hasbi hollik xususiyati.
“Mening ko‘nglumki, gul g‘unchasidek tahbatah qondur”, “Agarchi
sensizin sabr
aylamak, ey yor, mushkuldur” g‘azallarida Boburning ziddiyatlarga to‘la
hayotining poetik aks etganligi (2 soat).
Shoir g‘azallaridagi soddalik va samimiylik yuksak san’atkorlik namunasi
sifatida.
“Yoz fasli,
yor vasli, do‘stlarning suhbati”, “Sendek menga bir yori jafokor
topilmas” g‘azallarida hayot zavqi. Umr g‘animatligining
betakror badiiy ifoda
etilganligi. “Yoz fasli...” g‘azalida qo‘llangan she’riy san’atlar. “Sendek menga bir
yori jafokor topilmas” she’rida vazn, qofiya, radif hamda poetik san’atlarning
qo‘llanishi.
Boburning o‘zbek lirikasi taraqqiyoti tarixida tutgan o‘rni (1 soat).
“Boburnoma”da Andijon va Samarqand tasviri. Asarda tabiat tasviri
(hayvonot va nabotot tasviri). “Boburnoma” – o‘zbek
nasrining nodir namunasi
sifatida. Nazariy ma’lumot. Memuar asar (4 soat).
Dostları ilə paylaş: