122
qish”, “Qotig‘roq kelmadi hargiz jahong‘a ushbu qishdin qish” g‘azallarida shoir
hayotining aks etishi (1 soat).
“Iloho, har kuning Navro‘z bo‘lsin” g‘azalida an’anaviy yangi yil tilaklari va
ularning poetik ifodasi. “O‘yla yetkurdi jahong‘a ziynatu oro bahor” g‘azalida
bahor vasfi. Jonli tabiatning fusunkor tasvirida shoirning tashxis san’atidan
samarali foydalanishi. Go‘zallik tasvirining bahor (umr) g‘animatligi
haqidagi
ko‘hna falsafaga bog‘lab berilishi (2 soat).
Ogahiyning ishqiy g‘azallari. “Yuzing ochkim, quyosh sadqang bo‘lib
boshingdan aylansin”, “Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina”
g‘azallari ishqiy she’rning yuksak namunasi sifatida. Mazkur g‘azallardagi yor
timsolida (xususan, unga murojaatda) shohga xos xususiyatlarning aks etishi (1
soat).
Shoirning boshqa poetik janrdagi asarlari haqida. Ogahiyning kichik she’riy
janrlardagi asarlari: tuyuq, ta’rix, tarafayn. “Dahr
uyi bunyodkim, su(v) uzradur
mahkam emas” tarji’bandi va Muhammad Rahimxon Soniyga bag‘ishlangan
“Qasidai nasihat”da
Ogahiyning ijtimoiy, siyosiy,
axloqiy qarashlarining aks
etishi. Nazariy ma’lumot. Lirik qahramon obrazi (1 soat).
Dostları ilə paylaş: