123
III. O‘ZBEK ADABIYOTINING YANGI BOSQICHI
(24 soat, A2+: 14 soat)
32-34-mavzu. Izzat Sulton. “Imon” dramasi. (3 soat, A2+: 5 soat)
Izzat Sultonning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Uning “Imon”
dramasi haqida. Inson har qanday sharoitda ham o‘z
vijdoniga quloq tutib ish
ko‘rishi,
turli murakkab,
chigal vaziyatlarda halollik, poklik,
insof va diyonat
singari chin insoniy fazilatlar bilan munosib yo‘l topishdek ezgu g‘oyaning asar
mazmuniga singdirilganligi. Dramada yuksak axloq, halollik va poklikni o‘z imoni
deb bilgan insonlarning hayotda uchrab turadigan tamagirlik, xudbinlik, haromdan
hazar
qilmaslik, vijdonsizlikka qarshi kurashida ochib berilishi.
Asarning badiiy
xususiyati.
Dostları ilə paylaş: