Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)
7-nazorat ishi: Insho va uning tahlili. (2 soat) 51-55-mavzu. Abdulla Oripov. “Sarob” («O‘ylarim»), “Bahor”, “Genetika”, “Bahor kunlarida”, “Kuz manzaralari” she’rlari. “Sohibqiron”
dramasi. (5 soat, A2+: 7 soat) Abdulla Oripovning hayot va ijod to‘g‘risida qisqacha ma’lumot. Abdulla
Oripov – zamonaviy o‘zbek she’riyatining zabardast vakili. Shoir lirikasining
o‘ziga xos xususiyatlari. She’rlaridagi kuchli ehtiros, tabiiylik, fikriy teranlik,
poetik mukammallik. Badiiy talqinning pishiqligi. She’riy intonatsiyaning
betakrorligi, shiddatkor ohang bilan sokin, osoyishta, samimiy ruhning uyg‘unligi.
Shakliy-uslubiy rang-baranglik (1soat).
“Sarob” she’rida shoir hayot yo‘li, ijodiy maslagi, shaxs va jamiyat
munosabatlari masalalarining badiiy-lirik talqini. “Bahor kunlarida”, “Kuz
manzaralari” she’rlarida tabiatga munosabat orqali lirik qahramon kayfiyatlari,
o‘ylarining, “Holat” she’rida esa, tabiiylikning o‘ziga xos yo‘sinda ifodalanishi.
“Ketganlar yodi bu” she’rida shoir qalbining namoyon bo‘lishi. “Genetika”
she’rida avlod-ajdod munosabatlarining serbo‘yoq va ta’sirchan ifodalanishi (2
soat).
“Sohibqiron”dramasida Amir Temur ruhiy holatining tasvirlanishi. Uning
Amir Husayn, Sulton Boyazid, amirlar, o‘g‘illariga munosabatining ishonarli
yoritilishi (2 soat)
IV. JAHON ADABIYOTI (14 soat, A2+:9 )
56-59-mavzu. Vilyam Shekspir. “Gamlet” tragediyasi. (4 soat) Shekspir hayoti va ijodi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot. Uning jahon
dramaturgiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi. “Gamlet” asarida insoniy tuyg‘ular,
oila sha’ni bilan bog‘liq muammolarning tig‘iz konfliktlar asosida badiiy talqin
etilishi. Gamlet obrazida aks etgan inson ruhiyatining murakkab jihatlari.
Gamletning o‘z-o‘zi bilan ruhiy olishuvi. Gamlet va Ofeliya, Gamletning boshqa
qahramonlar bilan o‘zaro munosabatlari. Asarda burch va muhabbat, sadoqat
mavzularining tutash tasviri. Asarning o‘zbek tiliga mohirona tarjima etilishi.
Nazariy ma’lumot. Tragik obrazlar va hayot haqiqati. Ruhiy tahlil.